AQŞ Adliya vazirligi 18 aprel, seşanba kuni tört nafar amerikalik va uç nafar rossiyalikka nisbatan yangi ayblovlarni e’lon qildi. Tegişli xabar idora matbuot xizmati tomonidan taqdim etildi.
Ularning barçasi Rossiya hukumati nomidan va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati («FSB») bilan hamkorlikda işlaganlikda ayblanmoqda. Ularning faoliyati Amerika Qöşma Ştatlarida zararli xorijiy ta’sir ötkaziş maqsadidagi köp yillik kampaniya ekani aytiladi. Boşqa narsalar qatorida, qöşimça ayblov xulosasida rossiyaliklar «Amerika siyosiy guruhlarini Rossiya hukumatining röyxatdan ötmagan noqonuniy agentlari sifatida faoliyat yuritiş, janjal kötariş va rossiyaparast taşviqotni tarqatiş uçun yollagan, moliyalaştirgan va yönaltirgan».
Ayblovlar Moskvada yaşovçi Aleksandr Ionov hamda «FSB»xodimlari Aleksey Suxodolov va Yegor Popovga qöyilgan, deyiladi vazirlik bayonotida. «Rossiya Taşqi razvedka xizmati bizning Birinçi tuzatişga kiritilgan huquqlarimizdan – Rossiya öz fuqarolariga rad etayotgan erkinliklardan – amerikaliklarni böliş va AQŞ saylovlariga aralaşiş uçun foydalangan», dedi boş prokuror yordamçisi Metyu G. Olsen.
Bundan taşqari, xabarda aytilişiça, Ionovning vazifalaridan biri Amerika aholisi tomonidan Rossiyaning Ukrainadagi hududlarni qöşib olişini qöllab-quvvatlaş körinişini yaratiş edi.

















