Prezident Şavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni suv xöjaligida amalga oşirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Yiğiliş avvalida suv xöjaligidagi 4 ta katta masala tahlil qilindi. Bular – suv yöqotilişi, nasos stansiyalarining energiya iste’moli köpligi, suv zaxiralari kamligi hamda suv tejovçi texnologiyalar bilan boğliq.
Qayd etilişiça, kanallarning foydali iş koeffitsiyenti pastligi va içki tarmoqlarda suv köp yöqotilişi oqibatida qişloq xöjaligida yiliga 4 milliard 800 million dollar kam daromad olinyapti.
Şu bois Jizzax viloyati Paxtakor tumanida, tajriba tariqasida, yopiq quvurli suğoriş tizimini joriy qiliş möljallanmoqda.
Davlatimiz rahbari uşbu loyiha taşabbuskorining takliflarini eşitib, uni qöllab-quvvatladi. Bunday işlarni suv yetkazib beriş xarajatlari eng yuqori bölgan Qaşqadaryo, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida ham amalga oşiriş zarurligini ta’kidladi.
Bunga ilmiy yondaşib, loyiha xarajatlarini qisqartiriş, yopiq quvurli suğoriş tizimini joriy qiliş böyiça ikki yillik dastur işlab çiqiş böyiça topşiriqlar berildi.
Nasos stansiyalarini xususiy şeriklikka beriş, ularda muqobil energiya manbalarini joriy qiliş böyiça körsatmalar berildi. Bunga Toşkent Irrigatsiya instituti olimlari jalb qilinişi, samarali loyihalarga qulay şartlarda kredit berilişi aytildi.

Qayd qilinişiça, suv tanqis bölgan bir şaroitda, Özbekistonda yiliga 1 milliard kub metr sel suvlari behuda oqib ketayapti. Prezident sel suvlarini kiçik manbalarda jamğariş mumkinligini, bu borada taşabbuskorlarni qöllab-quvvatlaş zarurligini ta’kidladi.
Bunday loyihalar uçun 100 million dollar jalb qilinadigan böldi. Ularning hisobiga suv çiqqan maydonlar tadbirkorlarga uzoq muddatga erkin foydalaniş uçun beriladi.
Hozirgi kunda 450 ming gektar yoki suğoriladigan maydonlarning 15 foizi lazerli texnologiyada tekislangan. Agar bunday yerlar 2 baravar köpaytirilsa, yana 900 million kub metr suv tejaladi, qöşimça 200 ming gektarda suv ta’minoti yaxşilanadi.











