Insoniyat ikki yirik uruşni boşdan keçirdi. Birinçi va Ikkinçi jahon uruşi kulfatlaridan azob çekmagan xalq qolmadi. Barça xalqlar adabiyoti va tarixida özining la’natli izini qoldirgan bu uruşlar özbek adabiyotida ham yetarliça yoritilgan. Köplab asarlarda insoniyatga uruş keltirgan psixologik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maişiy zararlar batafsil qalamga olingan.

Şunday asarlarning biri Nazar Eşonqulning “Uruş odamlari” qissasi bölib, unda uruşning ayançli oqibatlari bir oila misolida körsatib berilgan. Ammo bunday oilalar qançani taşkil etişini tasavvur qiliş qiyin.

Syujyet:

Oila rahbari Normat – polvon barvasta, oriyatli, halol yigit. Uning Anzirat ismli körkam ayoli va ikki – Xolmat va Xojar – farzandi bor. Nima böladi-yu, şu uruş boşlanib qoladi va Normat polvonni ham xizmat safiga qöşib qöyadi. U bir neça yil qon keçadi va nihoyat joni omon holatda uyiga qaytadi. Ammo bir oyoğini uruşda qoldirib keladi. Normatning oyoğidagi jarohat uning ruhidagi jarohat oldida heç narsa emasdi. Uruş asorati uning pahlavon kelbatini nimjongina jussaga; yigit holini keksaygan başaraga almaştirib qöygandi.

Qişloğiga qaytgaç bir muddat garangsib yurgaç uning ruhida birmunça yaxşi özgarişlar sodir böla boşlaydi. Yaşaşga, mehnat qilişga iştiyoq uyğonadi. Uruşda tökkan qonlarini endi mehnati bilan tozalaşga, yuvişga ahd qiladi. Ammo tez orada uruşning yana bir zarbasi uni esankiratib qöyadi. Xotini Anziratning homiladorligi, ya’ni Normat uruşdaligida eriga xiyonat qilganligi ayon böladi.

Normat butun qişloq oldida xotinini ölasi qilib döpposlaydi, osmoqçi böladi, özi esa telba holatiga borib yetadi. Oqibatda Anziratning homilasi nobud böladi, özi esa köp qon yöqotişi natijasida ança vaqtgaça holsiz yotib qoladi.

Aslida voqea şunday bölgandi: Normat uruşga ketgaç, ma’lum muddatdan söng undan qoraxat keladi. Anzirat erini sevardi. Köp qayğurdi. Lekin endi uning gardanida ikki bolani boqiş, ham otalik, ham onalik qiliş mas’uliyati turardi. Uruş oqibatida qişloqlarda yöqçilik, tanqislik va oçlik hukm surardi. Kuni böyi mehnat qilgan xalq keçalari oç yotişga majbur bölardi. Anziratning holatini aytmasa ham böladi.

Bir kuni Xojar qattiq betob bölib qoladi. Isitmalab huş-behuş alaxsiy boşlaydi. Tabib unga tovuq şörva içiriş kerakligini aytadi. Ammo Anziratga tovuq topiş katta muammo edi. Ularga unda-bunda mehribonlik qilib yurgan, özining uzoq qarindoşlik maqomini qoyillatib bajarayotgan qişloq raisi Mirzaquldan yordam sörab boradi. Mirzaqul darrov bitta tovuq toptirib keladi va ertasiga Halil otboqarning uyiga borsa, yana bitta tovuq berişini aytadi.