“Özgidromet” xabariga köra, respublika barça viloyatlarida haroratning kötarilişi davom etadi. Keyingi hafta boşiga borib, havo harorati keçalari +9...+14 darajagaça, kunduz kunlari +25...+30 darajagaça, respublika çöl hududlari va janubda ba’zi joylarda +32...+35 darajagaça kötariladi. Şamol asosan örtaça tezlikda şarqiy yönalişda esadi, faqat şimolda va çöl hududlarda ba’zi joylarda 15-18 m/s gaça kuçayişi mumkin.
Özbekiston toğli hududlarida ham iliq va quruq ob-havo böladi. Toğlarda harorat keçalari +4...+9 darajagaça, kunduz kunlari +15...+20 darajagaça kötariladi.
Bugun va 21-24 aprel kunlari poytaxtda asosan kam bulutli ob-havo böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati keçalari +10...+13 daraja atrofida böladi, kunduz kunlari +18...+20 darajadan +27...+29 darajagaça asta-sekin kötariladi.

















