2023 yil 20 apreldan Toşkent şahrida tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov taşabbusi bilan «Daraxtlarni asraylik» ekoaksiyasi boşlandi. Vazirlik matbuot xizmati xabar berişiça, aksiya doirasida Toşkent şahrining barça tumanlaridagi betonlangan va asfaltlangan daraxtlar qutqariladi, daraxtlardagi reklama bannerlari va yoruğlik beruvçi plastik buyumlar olib taşlanadi.

Tadbirda tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov, Toşkent şahar hokimi örinbosari Baxtiyor Rahmonov hamda tuman va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça 4 ta sektor, tumanlar hududiy tuzilmalari, prokuratura, içki işlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, ekofaollar iştirok etdi.

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov öz nutqida mazkur taşabbusdan közlangan asosiy maqsad betonlangan yoki asfaltlangan daraxtlarning poydevorini oçiş va ularning bardavomligini ta’minlaş ekanini alohida ta’kidladi.

«Bugun şahrimizda köplab daraxtlarning beton yoki sun’iy qoplamalar bilan öralganini köriş mumkin. Bu daraxtlarning ildizlariga havo kirişini kamaytiradi, nobud böliş xavfini keltirib çiqaradi. Şu bilan birga, tungi yoruğlik moslamalarini örnatiş orqali daraxtlarga zarar yetkaziş holatlari ham uçrab turibdi, bu ularning tabiiy rivojlaniş jarayoniga salbiy ta’sir körsatmoqda.

«Daraxtlarni asraylik» ekoaksiyasi mavjud daraxtlarni beton va asfalt qoplamasidan, plastik yoritkiçlardan (gulçalar, lampoçkalar) va reklama bannerlaridan ozod qilişga qaratilgan. Tabiat resurslari vazirligi tomonidan aholidan murojaatlar yiğilib, daraxtlarning tabiiy ösişi jarayoniga xalaqit berayotgan muammolar obodonlaştiriş bölimlari va faollar bilan birgalikda bartaraf etiladi», – dedi A.Abduhakimov.

Tabiat resurslari vazirligining Toşkent şahar boşqarmasi inspektorlari tomonidan 11 ta yirik yöl çetida monitoring işlari olib borilganda 250 turdagi manzarali va mevali daraxtlarning poydevori betonlangani aniqlangan. Ekoaksiya doirasida barça holatlar bartaraf qilinadi. Bu aksiya Özbekistonning barça hududlarida davom etadi.

Daraxtlarni muhofaza qilişni yanada kuçaytiriş maqsadida Tabiat resurslari vazirligi tomonidan @ecogovuz_bot