2022 yilda dunyoda 363 nafar jurnalist hibsga olingan va bu rekord körsatkiç, deyiladi Jurnalistlarni himoya qiliş qömitasi (CPJ) hisobotida. «Çegara bilmas muxbirlar» xabariga köra, hozirda 546 jurnalist qamoqda saqlanmoqda.
Qamoqqa olingan OAV xodimlarining umumiy soni 2015 yildan 2022 yilgaça deyarli ikki baravar köpaygan. Joriy körsatkiç öttiz yillik rekordga aylandi.
2022 yilda jurnalistlarning aksariyati Eron (62), Xitoy (43), Myanma (42) va Turkiyada (40) hibsga olingan. Rossiyada 19, Belarusda 26 jurnalist qamoqda saqlanmoqda.
Taşkilot har yili 1 dekabr holatiga köra statistik ma’lumotlarni taqdim qiladi. Ammo yil davomida hibsga olingan va ozod qilingan jurnalistlarni statistikaga kiritmaydi.
CPJ prezidenti Jodi Ginsberg sözlariga köra, «vaziyat hamma joyda yomonlaşgan».
«Hatto erkin va mustaqil matbuotga egamiz degan mamlakatlarda ham jurnalistlar qator tahdidlarga duç kelmoqda», dedi u.
«Çegara bilmas muxbirlar» taşkiloti boş kotibi Kristof Deluar fikriga köra, «biz jurnalistika kelajagi uçun hal qiluvçi ön yillikda turibmiz».
Uning fikriça, Rossiya va Xitoy «yangi dunyo media tartibini yaratmoqçi» va ularning ommaviy axborot vositalariga nisbatan çeklovçi pozitsiyasi boşqa mamlakatlarga ham tarqalişi mumkin.
«Çegara bilmas muxbirlar» taşkiloti ma’lumotlariga köra, 28 ta davlatda matbuot erkinligi bilan boğliq «juda jiddiy» vaziyat mavjud.











