Twitter akkaunti uçun pul tölamagan köplab maşhur şaxslar tasdiqlaş belgilarini yöqotdi. Biroq kompaniya egasi Ilon Mask ba’zilar uçun şaxsan özi pul tölagan.
Twitter mikrobloglar tarmoği 20 aprel, payşanba kuni avval taniqli şaxslar va jamoat arboblarining akkauntlariga qöyilgan bepul tasdiqlaş belgilarini olib taşlaşni boşladi. Endi faqat pullik obunaçilar özlarining profillarida bunday belgiga ega bölişadi - ammo haqiqiy şaxsni tasdiqlamasdan.
Akkauntlarida kök fondagi oq belgi yöqolgan maşhurlar orasida Rim papasi Fransisk, AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp, futbol yulduzi Kriştianu Ronaldu, aktrisa Xelli Berri va köplab xonandalar, jumladan Ledi Gaga, Beyonse, Şakira va Jastin Timberleyk bor.
Akkauntidan tasdiqlaş belgisi olib taşlangan xonanda Dayon Uorvik bu harakatni tanqid qilib: «Endi har kim men bölişi mumkin», dedi.
Şu bilan birga, ilgari obunani bekor qilgan ba’zi maşhur odamlar, jumladan, yozuvçi Stiven King va basketbolçi Lebron Jyeyms öz tasdiqlaş belgilarini saqlab qolişgan. Twitter egasi Ilon Mask buni ba’zi profillar uçun şaxsan özi pul tölagani bilan izohladi. The Verge texnologik blogiga köra, Jyeyms Twitter’ning obuna uçun pul tölaş taklifini rad etgan, ammo belgini saqlab qolgan. Stiven King ham pullik obunaçi emasligini yozgan. «Namaste, xuş kelibsiz», dedi Mask unga hind tilida salom berib.
2022 yil kuzida Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olganidan köp ötmay, Ilon Mask tasdiqlaş belgilarini beriş jarayoni «korrupsiyalaşgani»ni aytdi, şuning uçun endi hamma u uçun pul tölaşi kerak. Köplab maşhurlar esa Twitter’ga obuna bölişdan boş tortdi.












