21 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahar Yangihayot tumanidagi 331-maktabning bir guruh öquvçi qizlari örtasida janjal kelib çiqqani körsatilgan video tarqalgandi.

8-sinf öquvçisi nima sabab kaltaklangani oçiqlandi. 331-maktabning ma’naviy-ma’rifiy işlari böyiça direktor örinbosari Lola Begaliyevaning «Zamon» axborot dasturiga bergan intervyusiga köra, jabrlanuvçi bir behayo suratda yuqori sinfda öquvçi qiz tasvirlanganini aytib, maktabda miş-miş tarqatgan. Buni eşitgan yuqori sinf qizlari jabrlanuvçini 8-hududdagi qurilişi yakunlanmagan obektga olib borib, «samosud» qilişgan.

«Qizlarning içida 7-8-9-10-sinf qizlari bölgan. Jabrlangan qiz esa 8-sinfda öqiydi. Unga tazyiq ötkazganlari 9-10-sinf öquvçilari bölgan. Qizlar örtasidagi dedi-dedi, miş-miş, çaqimçilik sabab şu holat yuzaga kelgan. Qizlar bölgan-bölmagan gaplarni bir-biriga vositaçi sifatida tarqatişgan»,— deydi maktab direktorining örinbosari.

Eslatib ötamiz, holat 12 aprel kuni sodir bölib, keyinroq video öquvçi qizlar tomonidan tarqatilgani aytilgandi. Söng vaziyatni Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi va IIBB örganayotgani ma’lum qilindi. Hozirça jinoyat işi qözğatilganidan taşqari, qolgan tafsilotlar oçiqlangani yöq.