Soğliqni saqlaş tizimida mas’ul lavozimlarda işlagan fidoyi şifokor, taşkilotçi rahbar Zafar Rasulov 44 yoşida vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Z. Rasulov 1979 yil 23 oktyabrda Navoiy viloyatida tuğilgan. 2003 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, mehnat faoliyatini Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qaraşli tibbiy sanitariya qismi terapevti sifatida boşlagan.

2012-2020 yillarda Uçquduq tuman tibbiyot birlaşmasida boş şifokor örinbosari, birlaşma boşliği, Navoiy viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, Soğliqni saqlaş vazirligi boşqarmasi boşliği örinbosari kabi mas’ul lavozimlarda işlagan. 

2020–2023 yillarda Navoiy viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği sifatida samarali mehnat qilgan.

«Soğliqni saqlaş vazirligi mehnat faoliyatini tibbiyot sohasiga baxş etgan jonkuyar va taşkilotçi rahbar Zafar Rasulovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur ta’ziya izhor etadi», deyiladi SSV xabarida.

Bundan avvalroq Navoiy viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Nurali Safoyev viloyat SSB boşliği etib tayinlangani xabar qilingandi.