Şunday qilib, Latviyada Kreml 2030 yilgaça mamlakatning Rossiya bilan siyosiy ittifoqlarda iştirok etişiga va rus tilining davlat tillaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlaşga umid qilyapti.
Litvada Moskva 2025 yilgaça Vilnyusning rus muxolifatini qöllab-quvvatlaş faoliyatini çeklaşga va rossiyaparast jamğarmalar, nodavlat va notijorat taşkilotlari faoliyatini kengaytirişga, 2030 yilga borib esa - «Litva rahbariyati uçun mintaqada NATO harbiy iştirokini kuçaytirişdan milliy xavfsizlikka yetkazilgan zararni tan oliş şaroitini yaratişga intiladi».
Estoniyada Rossiya hukumati 2025 yilga borib respublika jamoatçiligida Şimoliy Atlantika alyansi mavjudligi haqidagi salbiy kayfiyatni şakllantirişga hamda mamlakatning siyosiy, harbiy va biznes elitasida barqaror rossiyaparast ta’sir guruhlarini yaratişga umid qilmoqda.

















