Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, suhbat davomida amaliy hamkorlikni kengaytiriş, savdo munosabatlari sur’atini ta’minlaş va yetakçi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş masalalari  körib çiqildi.

Ikki mamlakat yetakçilari şu kunlarda ötayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat körgazmasining samarali natijalarini qayd etdilar. Uşbu tadbirda 35 mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakili iştirok etmoqda.

Suhbat çoğida avtomobilsozlik, temiryöl transporti, farmatsevtika, kimyo sanoati va boşqa ustuvor tarmoqlarda özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.

Sanoat ipotekasi, klasterlar, industrial rivojlaniş jamğarmasi kabi vositalarni rivojlantiriş borasidagi ilğor tajribani örganişdan manfaatdorlik bildirildi.

Mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almaşildi.

Muloqot yakunida Özbekiston prezidenti Konstitutsiya böyiça bölajak referendumning Rossiya hududida ötkazilişiga körsatilayotgan kömak uçun Rossiya prezidentiga minnatdorlik bildirdi.