Uning eng muhim fikrlari, Qrim statusi va possovet davlatlariga tegişli böldi. Elçining aytişiça, Qrim – tarixan Rossiyaning hududi bölgan, va sobiq SSSR davrida Xruşçev tomonidan Ukraina tasarrufiga ötkazilgan. Jurnalistlarning: “xalqaro huquqqa köra, Qrim Ukrainaning yeri-ku?!” degan savoliga, elçi: “Qrim tarixan Rossiyani bölgan” deb javob berdi.

Yangi mustaqil davlatlarning suvereniteti haqida esa “xalqaro huquqqa köra, possovet davlatlarining samarali suvereniteti mavjud emas” degan. Bu bilan, XXR elçisi, sobiq SSSRning tarqalişini de-yure noqonuniy bölgan dedi. Bu ikkala qaraş ham, töliq siyosiy va geosiyosiy mazmunga ega.

Nima uçun elçi Lu Şayning uşbu bayonotlari halqaro mojarolarga sabab böldi? Buning bir qança sabablari bor.

Birinçidan, elçi – juda yuqori rangdagi diplomat. Diplomatlar har bir sözni, fikrni çuqur öylab gapirişga örgangan mutaxassislar bölişadi. Oddiy siyosatçilardan farqli, diplomatlarda xato gapirib qöyiş yeki ehtirosga beriliş juda kam uçraydi.

Ikkinçidan, elçilarning ham salohiyati bir-biridan farq qiladi. Misol uçun, kiçik yeki örta miqyosdagi davlatlarga yuborilgan elçilardan köra, katta va qudratli davlatlarga jönatilgan elçilarning siyosiy vazni, albatta, katta böladi. Misol uçun, Xitoyning Armanistondagi elçisi bilan uşbu davlatning Amerika yoki Fransiyadagi elçisi örtasida, siyosiy vazn jihatdan, farqi bor.

Uçinçi va eng asosiy omil, bu – Xitoyning global ahamiyati. Xitoy Xalq Respublikasi – bugunning özida dunyoning ikkinçi qudrati, ikkinçi iqtisod, ikkinçi harbiy qudrat. Yaqin ön yilliklarda esa, barça sohalarda birinçilikka ötişi kutilayotgan qudrat. 1,4 milliardlik Xitoy aholisining qaşşoqlikdan örta sinfga ötayotgani, misli körilmagan iqtisodiy tez ösişi, dunyo hamjamiyatini hayratlantiradi, qörqitadi.

21-asrning eng muhim savollari ham quyidagilardir: “Dunyoning eng birinçi qudratiga aylangan XXR dunyoga nima taklif qiladi?”, “Rasmiy Pekin xalqaro huquqni tan oladimi, dunyo davlatlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligini hurmat qiladimi? Yoki kuç va bosimlarga asoslangan yangi öyin qoidasini oldinga suradimi?”

Xitoy elçisining bayonoti Rossiya propagandasi tomonidan juda iliq kutib olindi. Rossiya telekanallari “Lu Şay hammasini juda töğri gapirdi” deb, olqişladi.

Xalqaro darajada mojaro boşlangaç, XXR Taşqi işlar vazirligi elçi Lu Şay bayonotlariga yumşoq şaklda raddiya berdi. Lekin elçini çaqirib olmadi. Elçining maqsadi esa, aslida, özgarişga moyil bölgan Xitoy pozitsiyasini dunyo hamjamiyatiga bildiriş va reaksiyalarni kuzatiş bölişi mumkin.