Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy videomurojaatida Xarkiv viloyatining Kupyansk markazidagi o‘lkashunoslik muzeyining o‘qqa tutilishini izohlar ekan, shunday ma’lumotlarni taqdim etdi.
Bundan oldin Rossiya Ukraina pozitsiyalarini o‘qqa tutish uchun eng so‘nggi T-14 «Armata» tanklaridan foydalanishni boshlagandi.
Yanvar oyida Britaniya harbiy razvedkasi Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlari tanklarning «yomon ahvoli» tufayli ushbu mashinalarning birinchi partiyasini qabul qilishni istamagani haqida xabar bergan edi, deb yozmoqda Reuters.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, T-14’dan foydalanish birinchi navbatda tashviqot maqsadida qabul qilingan «xavfli qaror» bo‘lishi mumkin.












