FIFA prezidenti Janni Infantino joriy yilning 5-6-may kunlari Özbekistonga keladi. 

Infantino boşçiligidagi delegatsiya taşrif davomida Özbekistonda FIFA bilan hamkorlikda Toşkent viloyatida barpo etilayotgan terma jamoalar bazasini közdan keçirişi, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan rasmiy uçraşuv ötkazişi rejalaştirilmoqda. 

53 yoşli şveysariyalik mulozim 2016 yildan buyon FIFA prezidenti lavozimida işlayapti. Uning rahbarligida futbol sohasida köplab islohotlar amalga oşirildi. Jumladan, jahon çempionati iştirokçilari soni köpaydi, hakamlarga videolavhadan foydalaniş imkoniyati berildi, futbol va transfer qoidalari özgartirildi. Infantino 2019 va 2023 yilda FIFA prezidentligiga qayta saylanişga muvaffaq bölgan.