Yevroparlamentning xalqaro savdo qömitasi Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlariga Yevropa Ittifoqining import bojlarini bekor qiliş töğrisidagi qarorni yana bir yilga uzaytirişni ma’qulladi. 

Bu Ukrainaning butun dunyo bilan savdo qiliş imkoniyatini çeklab qöyayotgan Rossiya harbiy harakatlari davom etayotgani şaroitida Ukraina iqtisodiyotini qöllab-quvvatlaş uçun zarur, deyiladi bayonotda. Amaldagi qaror 5 iyunda tugaydi. 

Ukrainadan keladigan sanoat tovarlari joriy yilning 1 yanvaridan boşlab Yevropa Ittifoqi-Ukraina assotsiatsiyasi şartnomasiga muvofiq nol qiymatda bojga tortiladi, şuning uçun ular 27 deputat tomonidan qöllab-quvvatlangan uşbu taklifga kiritilmagan. 

Bir deputat qarşi ovoz berdi, yetti nafar deputat betaraf qoldi. Bu masala böyiça Yevroparlament butun plenumining ovoz beriş jarayoni 8-11 may kunlari bölib ötişi rejalaştirilgan. 

«Uşbu çora-tadbirlar Ukrainaning Yevropa Ittifoqi içki bozoriga bosqiçma-bosqiç integratsiyalaşuvi yölida işlayotganimiz sababli, hozir va kelajakda mamlakat barqarorligini mustahkamlaş uçun juda muhimdir. Bizning Ukraina bilan birdamligimiz izçil, şaffof va mustahkamdir», - dedi Ukraina böyiça doimiy ma’ruzaçi Sandra Kalniyete.