Kia brendining birinçi EV6 elektr krossoveri Özbekistonda ikki komplektatsiyada taqdim etiladi: orqa privodli va standart tortuv batareyasiga ega komplektatsiyada yoki töliq privodli va kattaroq hajmli batareyaga ega komplektatsiyada
Yangi E-GMP platformasi tufayli Kia EV6, real şaroitlardagi uzoqroq yuriliş masofasi zaxirasining va ultra tez zaryadlaniş texnologiyalarning foydali uyğunligini taklif etadi.
EV6 uçun narxlar 699 900 000 sömdan boşlanadi
2023 yil 28 aprel, Toşkent ş. – Kia’ning Özbekistondagi rasmiy distribyutori bölgan ROODELL kompaniyasi, mamlakatda töliq elektrik bölgan Kia EV6 krossoveri sotuvlari boşlaganini e’lon qildi. Kia’ning tarixida hali öxşaşi bölmagan, ilk, an’anaviy yoki gibrid harakatlaniş manbayiga ega bölgan model, ikki – Air va GT-Line komplektatsiyalarda – 699 900 000 699,900,000 sömdan 899,900,000 sömgaça bölgan narxlarda taqdim etilmoqda.

EV6, yuqori texnologik va faqatgina elektromobillar uçun möljallangan Kia’ning 800 Voltli kuçlaniş ostida ultra tez zaryadlaniş imkonini ta’minlovçi E-GMP global modulli platformasi asosida işlab çiqilgandir. Modelning dizayni yangi "Qarama-qarşiliklar uyğunligi" firma falsafasi tamoyillariga muvofiq amalga oşirilgan. EV6 qiyofasi ajoyib stilistik elementlar va skulptur şakllarni mujassamlaştirib, intereri odmi va yuqori texnologikdir. Yangi platformaning afzalliklari bölgan, polga örnatilgan yassi batareya va katta ğildiraklar bazasi (2900 mm) – öz klassidagi içki makonni taklif qiliş imkoniyatini yaratdi.
Özbekistonda KIA EV6 ikki versiyada taqdim etiladi: bitta (quvvati 170 ot kuçi, aylantiriş momenti 350 N•m) elektr motorga va 58 kVt*soat energiya zaxirasi bölgan tortuv batareyasiga ega, orqa öqqa ulangan privodli versiyada yoki umumiy quvvati 325 ot kuçiga qadar bölgan, aylantiriş momenti 605 N•m ga teng ikkita elektr motorga (har bir öq uçun bittadan) hamda oşirilgan hajmli batareya (77,4 kVt*soat)ga ega versiyada. Bunday batareyalar 500 km dan ortiq yuriş masofasi zaxirasini ta’minlaydilar. Kuçliroq bölgan versiyadagi EV6, 100 km/soat tezlikka 5,2 soniya içida tezlaşa oladi. Ultra tez zaryadlaniş imkoniyati tortuv batareyasini 18 daqiqada 10% dan 80% gaça zaryadlaş imkonini beradi.

Boşlanğiç Air komplektatsiyasi 699 900 000 söm narxda taklif etiladi. Uşbu komplektatsiyaning özidayoq, yuqori texnologik elektr krossover ajoyib zamonaviy jihozlanişga ega. Avtomobilga adaptiv proyeksion matritsali LED-faralar, yoruğlikdiodli kunduzgi yuriş çiroqlari (LED DRL), közgular korpusidagi buriliş signallari takrorlagiçlari, orqa spoylerda joylaştirilgan LED stop-signallar takrorlagiçiga ega töliq yoruğlikdiodli orqa çiroqlar va yoruğlikdiodli orqa tumanga qarşi çiroqlar örnatilgan. EV6 Air yengil qotişmadan tayyorlanuvçi diskli, şinalari ölçami 235/55R19 bölgan, 19” ölçamdagi ğildiraklar bilan jihozlanadi. Elektromobil şinalarni ta’mirlaş töplami bilan jihozlanadi.


















