Yevropa Kengaşi Parlament Assambleyasi (PACE) Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hibsga olinişi haqidagi Xalqaro jinoyat sudining orderini rasman tan oldi.
Bu haqda Ukraina xalq deputati Aleksiy Gonçarenko xabar berdi. Uning sözlariga köra, PACE ukrainalik bolalar va kattalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qiliş böyiça öta muhim rezolyutsiyani qabul qilgan.
«Rezolyutsiya böyiça muhim ma’lumotlar: Rossiya harakatlariga nisbatan birinçi marta «genotsid» atamasi qöllandi. Xalqaro huquq me’yorlariga köra, majburiy deportatsiya — genotsid belgisi hisoblanadi. Şuning uçun barça holatlar tekşirilişi va bunga aloqadorlar javobgarlikka tortilişi kerak», dedi Gonçarenko.
Şuningdek, Parlament assambleyasi Xalqaro jinoyat sudining Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiyaning bolalar huquqlari böyiça komissari Mariya Lvova-Belovani hibsga oliş haqidagi orderini olqişladi.
«Bu eng muhim qarorlardan biri. PACE a’zolarining hammasi ham Rim statutini ratifikatsiya qilgan emas. Bu rezolyutsiyaning qabul qilinişi esa Vladimir Putinni harbiy jinoyatlarda rasman gumonlanuvçi deb hisoblovçi davlatlar safini kengaytiradi. Putin – qidiruvdagi harbiy jinoyatçi. Buni PACE ham tasdiqladi», deb ta’kidladi Gonçarenko.
19 yanvar kuni Yevroparlament Rossiya oliy rahbariyati, xususan, Putin uçun ukrainaliklarga qarşi jinoyatlar va tajovuzlar sababli tribunal tuziş töğrisidagi rezolyutsiyani ma’qulladi. Qarorda, şuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko va uşbu davlat rahbariyatini ham Rossiyaga kömak beruvçi sifatida javobgarlikka tortiş haqida söz boradi.
26 yanvar kuni Yevropa Kengaşi Parlament Assambleyasi Rossiya va Belarus oliy siyosiy va harbiy rahbariyatini Ukrainaga qarşi bosqinçilik jinoyatini sodir etganligi uçun javobgarlikka tortiş maqsadida maxsus tribunal taşkil etiş töğrisidagi rezolyutsiyani qöllab-quvvatladi. Tribunal ötkaziladigan joy Haaga bölişi taklif qilindi.
Haagada (Niderlandiya) Xalqaro sud va Xalqaro jinoyat sudi ham joylaşgan.
17 mart kuni Haagadagi Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, şuningdek, bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga oliş uçun order berdi.
2023 yil yozda Haagada Rossiyaning bosqinçilik jinoyatlarini ta’qib qiliş xalqaro markazi iş boşlaşi kutilmoqda.














