27 aprel kuni prezident Şavkat Mirziyoyev “Xalqaro şartnomani tasdiqlaş töğrisida” qaror imzoladi.

Qaror bilan, 2006 yil 3 oktyabrda Toşkent şahrida imzolangan Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari örtasida fuqarolarning özaro kelib-ketişlari töğrisidagi bitimga özgartirişlar kiritilmoqda.

Bu özgarişlar haqidagi bayonnoma 2023 yil 27 yanvar kuni Mirziyoyevning Bişkekka davlat taşrifi vaqtida imzolangan edi. Unga köra, ikki mamlakat fuqarolari xorijga çiqiş pasportisiz, ID-kartani körsatgan holda özaro çegarani kesib ötişi mumkin böladi.

Özbekiston tomonidan qaror ijrosini ta’minlaşga Içki işlar vazirligi va DXX Çegara qöşinlari mas’ul etib belgilandi. Taşqi işlar vazirligi Özbekiston Respublikasi tomonidan bu xalqaro şartnomaning kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içki tartib-taomillari bajarilgani haqida Qirğiziston tomoniga bildirişnoma yuboradi.

Yangi tartib qaçondan kuçga kirişi ma’lum emas.

Yengillik amaliyotga tatbiq etilgaç, fuqarolarning çegaradan kiriş-çiqişi haqidagi ma’lumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga ştamp bosişga hojat qolmaydi.

Bu tartib istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hk) çegarani kesib ötişda amal qilişi aytilgan.

Eslatib ötamiz, bugungi kungaça hali birorta davlat bilan ID-karta orqali özaro borib-keliş tartibi yölga qöyilmagan edi. Qirğiziston birinçisi bölmoqda.

  • Şavkat Mirziyoyevning 27 apreldagi boşqa bir qarori bilan, şuningdek, Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari örtasida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bartaraf etiş sohasida hamkorlik töğrisidagi bitim ham tasdiqlandi.
  • 2022 yil noyabr oyida Özbekiston va Qirğiziston prezidentlari çegara böyiça kelişuvlarni imzolagan, şundan söng ikki mamlakat örtasida çegara masalasida heç qanday kelişmovçilikka örin qolmagani e’lon qilingandi.