Prezident Şavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi bilan Qirğiz Respublikasi örtasidagi davlat çegarasining alohida uçastkalari töğrisidagi şartnoma hamda Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boşqariş töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qilişga oid qonunlarni imzoladi.

Prezident matbuot xizmati axborotiga köra, davlat rahbarlarining siyosiy irodasi bilan ikki qardoş xalq örtasidagi hurmat va yaxşi qöşniçilik mustahkamlanib, 30 yildan beri hal bölmayotgan masalalar kelişilmoqda.

Mazkur xalqaro şartnomalar Özbekiston taşqi işlar vaziri Vladimir Norov boşçiligidagi delegatsiyaning 2022 yil 3 noyabrda Bişkek şahriga taşrifi çoğida imzolangan. Bu haqdagi qonunlar Qonunçilik palatasi tomonidan 2022 yil 14 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2022 yil 18 noyabrda ma’qullangan. Ularni ratifikatsiya qiliş böyiça Qirğiziston qonunlarini Qirğiz Respublikasi Prezidenti 2022 yil 29 noyabrda imzolagan.

Özbekiston Respublikasi bilan Qirğiz Respublikasi örtasidagi davlat çegarasining alohida uçastkalari töğrisidagi şartnoma 13 ta moddadan iborat. Unda özbek-qirğiz Davlat çegarasining 35 ta uçastkadagi umumiy uzunligi 302,29 km bölgan çiziği belgilandi.

Özbekistonga 4957 gektardagi Andijon suv ombori hududi hamda töğonga xizmat körsatiş va uni muhofaza qiliş uçun qöşimça 19,5 gektar yer maydoni ötkaziladi, Qirğizistonga esa kompensatsiya tarzida 1019 gektar yaylov yerlari beriladi.

Şuningdek, Qirğizistonga Andijon suv omborining qurilmay qolgan Kampirobod çap qirğoq kanali uçun “Ğovasoy” uçastkasidan 12 849 gektar yer maydoni kompensatsiya tarzida beriladi. Bunda, Qirğiziston tomoni “Ğovasoy” daryosining tabiiy oqimiga tösqinlik qiladigan gidrotexnik va boşqa inşootlarni qurmaslik, suvning texnik ifloslanişiga yöl qöymaslik majburiyatini oladi.

Andijon suv omborining suv resurslarini birgalikda boşqariş masalasi va Söx tumanidagi “Çaşma” buloği joylaşgan uçastka alohida şartnomalar bilan tartibga solinişi kelişib olindi.

Özbek-qirğiz Davlat çegarasining ayrim uçastkalarida demarkatsiya işlari töla tugallanmagunça Davlat çegarasini nazorat qiliş va qöriqlaş yerdan haqiqiy foydalaniş çegaralari böylab amalga oşiriladi.

Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boşqariş töğrisidagi bitim 11 ta moddadan iborat. Unda Andijon suv ombori suv resurslarini birgalikda boşqariş böyiça Qöşma komissiya (Özbekistondan – suv xöjaligi vaziri) tuzildi va uning faoliyati töğrisidagi nizom tasdiqlandi.