Tun sukunatini buzgan arava

Karmana tumanidagi Köhnaqörğon mahallasi şimol tomondan Zarafşon daryosi sohili – töqayzor bilan tutaş. Tunda şoqollarning uvlaşi qişloqqa bemalol eşitilib turadi. 

2020 yil 13 iyul, yarim tun. Butun qişloq uyquda. Atrofdagi sukunatni bu safar şoqollar uvlaşi emas, toş yöldan ketib borayotgan eşak aravaning ğiçirlaşi buzib turardi. Unga mingaşib olgan ikki kimsadan biri qölidagi tayoq bilan eşakni sekingina turtib, tezroq yurişga undar, ikkinçisi esa aravaga ortilgan katta qopga termulganiça jim ötirardi. Öşa tunda köpçilikka taniş bölgan nogiron tilançining murdasi ortilgan arava qişloqdan çiqib, Zarafşon daryosi tomon ketganini heç kim sezmadi. 

Daryoda oqib kelgan murda

2020 yil 15 iyul, tong. “Navoiy IES”ning Zarafşon daryosidagi suv töğonini qöriqlayotgan harbiylaşgan qöriqlaş xizmati xodimi suv yuzida töplanib qolgan çiqindilar orasida inson jasadini körib qoladi. Bu Navoiy şahridagi markaziy bozor atrofida tilançilik qilib yuradigan fuqaroning murdasi edi.

Voqea joyiga zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari yetib keladi. Dastlabki örganişlardanoq bu qotillik ekanligi ma’lum böladi. Negaki murda tanasida jarohat izlari yaqqol körinib turardi.

Xodimlar oldida bir-biridan çigal savollar paydo bölgandi: qotil kim? Tilançini öldiriş kimga va nega kerak bölib qoldi? Uni oxirgi marta kim, qayerda körgan? Bu savollarga aniq javob topiş oson emasdi. Şuning uçun holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilib, tezkor tergov-suriştiruv işlari boşlab yuboriladi. 

Tilançining “dovruği”

Navoiy şahridagi markaziy dehqon bozor atrofida tilançilar köp, aksariyati yoş bolalar va ayollar. Ularning tilaniş usullari ham har xil: qaysidir biri yölovçilar yoniga kelib, oçiqçasiga pul sörasa, boşqasi karton qoğozga yaqin insoni oğir kasalligi haqida yozib, uşlab ötiradi.

Kunlarning birida bozorda yangi tilançi paydo böladi. U çap qöli va oyoği yaxşi işlamaydigan, aqli ham biroz zaif bölgan erkak edi. Uning turişi va körinişi har qanday insonning rahmini keltirar, şu sababli hududda tezda “maşhur” bölib, boşqa tilançilardan köra köproq pul topa boşlaydi. Odamlar gavjum joylarda yurgani uçun uni köpçilik tanib qoladi.

Bu tilançi asli Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanidan bölgan Vohid Dösyarov edi. Keyinçalik u yoşligida kömirdan qolgan çöğga yiqilib tuşganligi, çap qöli va oyoği şu tufayli yaxşi işlamasligi ma’lum böladi. Qolaversa, Vohid Dösyarov yoşligidan köça-köyda yurib, odamlarning qölidan ovqatlanib katta bölgandi.