Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni oila a’zolari bilan birga Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanidagi 59-referendum uçastkasiga taşrif buyurib, referendumda ovoz berdi.

Referendumda «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi töğrisida»gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi ovozga qöyilgan. Ma’lumki, bu jarayonga bir yarim yil mobaynida puxta tayyorgarlik körildi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib, xalqning fikri örganildi. Jamoatçilik tomonidan 220 mingdan ziyod takliflar kelib tuşdi. Ularning har törttasidan bittasi loyihadan joy oldi.

Uşbu takliflar asosida yangilanayotgan Konstitutsiya moddalari soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalari 275 tadan 434 taga oşdi. Ya’ni, Asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Bunda xalqaro tajriba ham inobatga olindi, turli sohalardan yetuk mutaxassislar va ekspertlar jalb etildi.

Konstitutsiya davlatimiz barqarorligi va kelajagi, inson manfaatlarining huquqiy asosidir. Fuqarolar buni çuqur his etib, referendumda faol iştirok etmoqda.

Bu siyosiy jarayonni 45 ta davlat va 14 nufuzli xalqaro taşkilotdan jami 383 nafar xalqaro kuzatuvçi bevosita kuzatib bormoqda. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari keng, oçiq-oşkora yoritmoqda.