Inson borki, xato qiladi. Kimdir xatosidan saboq oladi, kimdir esa yöq, yana kimdir esa keç anglab yetadi. Bugungi qahramonimiz xatosini keç anglab yetgan insonlardan. Quyida hikoyani uning özidan tinglaymiz.
“Oilada uç öğil, ikki qiz edik. Akam Afğonistondan bir qölidan ayrilib qaytgan. Şungami, onam akamni juda ehtiyotlardi. Akamni uylantirganimizdan söng men armiyaga ketdim. U vaqtlar hozirgidan köproq muddat xizmat qilinardi. Xizmatdan qaytgunimça ikkinçi akam uylangan, katta akamning ikkinçi farzandi dunyoga kelayotganda kelinoyim vafot etgan ekan.
Qaytganimdan söng bir yil u-bu işlarni qilib yurdim. Yaxşi körganim bor edi. U ham menga befarqmasdi. Oilamdagilar katta akam ikkimizni uylantirişga harakat boşlaşganda könglimdagini aytdim. U paytlar negadir bunday narsalarga juda yomon işdek qaraşardi, negaligini bilmayman. Onam olib bermayman dedi. Men uylansam faqat şu qizga uylanaman deb turib oldim.
Aslida-ku, onamning ham kelinlikka tayin nomzodlari yöq edi. Qaysarligimdan jahllari çiqardi. Otam aytganini oberamiz, tamom, dedi. Şunday qilib oilamizga qöşaloq kelin keldi. Bir hovlida uç ovsin yaşay boşladi. Akalarim ikkisi onamning xohişi bilan uylangani uçunmi, ularning xotiniga onam u qadar qattiq turmasdi.
Lekin mening xotinimga juda qattiq turardi. Öşanda yoş edim, ğör edim. Men ham rafiqam onamning barça aytganini qilişi kerak, deb hisoblardim. Aslida ham şunday edi. Ayolim magazinda işlardi. Raşkim kelib, u yerdan böşatib oldim. Fabrikaga işga kirdi. Iş vaqti bölgunça mollarning tagini tozalab, yemini berib, sigirlarni soğib ketardi. Bu işlarni undan boşqa heç kim qilmasdi. Lekin şunda ham doim gap eşitardi.
Içim açisa ham özimni befarqdek tutardim. Bir nima desam, onam hammayam sevib uylansin ekan-da, endi ona kerakmasmi, deb gapirardi. Bu esa mening suyak-suyagimdan ötib ketardi. Ayolim bilan kulib gaplaşolmasdik. Onam öşanda meni qizğanganmi yoki ğaşi kelganmi, bilmayman, xullas, erkak kişi unaqa bölmaydi, xotin quli, deb qattiq gapirdi. Alam ustida ayolimni kaltakladim.
Huşidan ketgunça urdim. Huşidan ketganda qattiq qörqib ketganman. Öldirib qöydimmi deb. Lekin “buning artist, rol öynayapti, ataylab yotvoldi”, kabi gaplardan keyin turğizmadim ham, qaramadim ham. Öşanda johilga aylangandim. Urişga urdim-u, qörqdim. Ketib qolsa-çi, akalari kelib janjal qilsa-çi, nima qilaman, deb öyladim. Bir neça soatdan keyin öziga keldi. Qornini uşlab dodlab yiğladi, bukçayib turolmay qoldi. Doktorga olib bordim.
Homilador bölgan ekan. Zarb natijasida homila nobud bölibdi. Rosa afsuslandim, lekin keç edi. Bir neça kun şifoxonada yotganidan söng uyimizga qaytdi. Qaytmasligiga işonçim komil edi. Töğrisi, öşanda rosa iç-içimdan xursand böldim. Özimni uning oldida aybdor his qilardim.














