Dastlab 128-maktabda taşkil etilgan 279-referendum uçastkasida böldik. Ma’lumotlarga köra, bu yerda 2 422 nafar ovoz beruvçi röyxatga olingan.



“Referendum ertalab soat 8:00da Özbekiston Respublikasining madhiyasi bilan boşlandi. Madhiya tugaşi bilan referendum uçastkamizga kuzatuvçi sifatida Ozarboyjon Respublikasi Milliy demokratik partiyasi a’zolari kelişdi hamda ijobiy baho berib ketişdi. Fuqarolarning kayfiyati a’lo, siyosiy tadbirda faol qatnaşişmoqda. Hattoki, jarayon boşlanmasidan oldin, soat 7:55da ham kelib, navbatga turib olişdi”, – dedi 279-referendum uçastkasi raisi Dilnoza Ibragimova.



Şundan söng tumandagi pedagogika kollejida taşkil etilgan 281-referendum uçastkasida böldik. Kunning yarmiga borgan bölsa-da, hududdagi ovoz beruvçilar qadami uzilmagan. Referendum uçastkasi raisiga köra, bu yerda 1 574 nafar ovoz beruvçi röyxatga olingan. Hozirda fuqarolarning kelişi davom etmoqda.






Jarayonni kuzatişdagi sönggi manzilimiz Toşkent avtomobil va yöllar texnikumidagi 280-referendum uçastkasi böldi. Qayd etilişiça, bu uçastkaga Kamolon mahallasidagi 2 359 nafar fuqaro ovoz beriş uçun biriktirilgan. Uçastka raisiga köra, kunning yarmiga bormasdan ovoz beruvçilarning 70 foizdan ortiği öz konstitutsion huquqidan foydalaniş uçun taşrif buyurgan.



















