Bugun, 30 aprel kuni mamlakat böylab «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi böyiça umumxalq referendumi ötkazilmoqda.

Samarqand viloyati çegarasi doirasida 7-Samarqand referendum okrugi tuzilgan bölib, uning tarkibida jami 1111 ta uçastkalar taşkil qilindi.

Eng köp uçastkalar Samarqand şahri va Urgut tumanida, eng kami Kattaqörğon şahrida va Paxtaçi tumanida tuzildi.

– Közim tuğma ojiz bölsa-da, maktabda dars beraman. Yangi tahrirdagi qonun loyihasida ta’limga oid bir qator yangiliklar ham bor. Umuman, biz kutgan köpgina imkoniyatlar, yangiliklarga guvoh böldim. Mana, bugun közi ojiz insonlar uçun ham maxsus brayl yozuvida byulleten taşkil qilinibdi. Hududimizdagi uçastkaga kelib, farzandlarim ertasi, farovon turmuşimiz uçun tanlov qildim, – deydi Jomboy tumanidagi 31-umumta’lim maktabi öqituvçisi Ma’ruf Rasulov.

Okrug komissiyasi matbuot markazida ötkazilgan brifingda soat 12:00 ga qadar ovoz beruvçilarning 46 foizi referendumda qöyilgan masala yuzasidan öz munosabatini bildirgani ma’lum qilindi.

7-Samarqand okrugi komissiyasi raisi Farmon Toşevga köra, ovoz beruvçilarning umumiy soni 2 million 81 ming 436 nafarni taşkil qilgan. Ularning 65 ming nafarini ilk bor uşbu siyosiy jarayonda qatnaşayotgan yoşlar taşkil qilmoqda. Uçastkalarda ovoz beriş jarayonlarini siyosiy partiyalarning, ilk bor mahalla fuqarolar yiğinlarining vakillari bevosita kuzatib bormoqda.

Bundan taşqari, qirqdan ortiq xorijiy davlat va xalqaro taşkilotlar vakillari, çet el va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ham Samarqanddagi referendum jarayonlarini kuzatmoqda.

Şu paytgaça okrug komissiyasiga referendumga oid qonunçilik buzilişi yuzasidan murojaat kelib tuşmagan.