Xitoyning Şanhay provinsiyasida mayitlarni kömiş uçun qabristonlarda joy qolmabdi. Provinsiya ma’muriyatining hisob- kitobiga köra, aholi sur’ati ösişda davom etaversa, 15 yildan keyin hududdagi qabristonlarda joy qolmasligi mumkin. Qabristondan 1ta mayit uçun joy band qilib qöyiş örtaça 4 ming dollarga tuşadi.

Şuning uçun rasmiylar marhumlarning yaqinlaridan mayitni dafn qilişning joy talab qilmaydigan usullarini sinab körişni söraşyapti. Buning uçun ularga turli subsidiyalar ham ajratiladi.

Masalan, oxirgi vaqtda buddist bölmagan aholi ham ölikni kuydirib kulini dengizga oqizib yuborişga majbur. Yoki ölikning kulini suvda erib ketadigan ekologik toza idişlar yasab, şunga solib dengizga oqizib yuborişyapti. Hatto Suzhou şahrida mahalliy hokimiyat marhumlarning qarindoşlari uçun maxsus qayiq reyslari taşkil qilib, birgalikda kullarni dengizga oqiziş taşabbusi bilan çiqqan. Marosimda qatnaşgan aholiga 290 dollar subsidiya ham beriladi. Natijada 2015 yilda mayitlarni yoqişlar 47 foiz bölsa, 2021 yil bu 59 foizga kötarilgan.

Ma’lumot uçun, qabriston yetişmovçiligi muammosiga duç kelgan provinsiya faqat Şanhay emas. Bundan oldinroq Hong Kong, Beijingda ham qabristonlarda joy yetişmovçiligi boşlangan.