Xitoy tahdidiga işora, şubhali tenderlar va yana semirayotgan hukumat - hafta dayjesti
|13:49 / 30.04.202330 54413 min
Çin elçisining sözlariga Markaziy Osiyo javob qaytarmadi: sukut bilan bölsa-da tegişli xulosalar qilinadimi? Maktab ta’limining mazmunini maktab vazirligi emas, yangi oçilgan markaz belgilaydigan böldi: ma’muriy islohot unutildimi? Yakunlanayotgan haftaning şu va boşqa mavzulari – Kun.uz dayjestida.
Xitoy elçisi – possovet davlatlarining suverenitetidan şubhada
Özbekistonga potensial taşqi tahdidlar haqida gap ketganda köpinça şimoldagi sobiq metropoliya va janubdagi ekstremizm haqida gapiriladi. Lekin ayrim holatlar borki, şarqiy yönalişni ham közdan qoçirmaslik kerakligini körsatib turibdi. Misli körilmagan iqtisodiy taraqqiyotga erişayotgan, şu bilan birga oçiqlik va erkinlik yölini emas, fuqarolar ustidan kuçli nazorat, xususan uyğurlarga qarşi repressiv siyosatni tanlagan Xitoyning geosiyosiy qaraşlari, siyosatşunoslar nazarida, Markaziy Osiyo manfaatlari uçun xizmat qilmasligi mumkin.
Şu ma’noda, Xitoyning Fransiyadagi elçisi Lu Şay aytgan sözlar Şarqiy Yevropadan köra köproq Markaziy Osiyoda diplomatik mojaroga sabab bölişi mantiqiy bölardi. Amalda esa buning aksi kuzatildi.
Elçining fikriga köra, sobiq SSSR davlatlari “xalqaro huquq borasida samarali statusga ega emas, çunki ularning statusiga suveren davlatlar kuçini taqdim etuvçi xalqaro kelişuv yöq”. Bundan taşqari, Lu Şay Qrim avvalboşdan Rossiyaniki bölganini ham aytgan. Albatta, bu örinda sobiq SSSR davlatlari BMTning teng huquqli a’zolari ekani, Qrim esa 1954 yilda qonunan Ukrainaning bir qismiga aylangani, SSSR parçalanganidan keyin Rossiya va Ukraina bir neçta kelişuvlar imzolab, ularda 1991 yilgi çegaralar tan olinganini eslatib ötiş foydadan xoli emas.
Xitoyning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elçisi degan lavozim egasining xalqaro huquqda mutlaq konsensusga kelingan masalalarni tuşunmasligi mumkin emas. Uning bu masalalarga şubha bildirişi, tahlilçilar nazarida, Pekinning zimdan yuritayotgan geosiyosiy öyinidan darak beradi. Bu – Rossiya va Xitoyning yaqinlaşuvi, Pekin Ukrainaga bosqinni qoralaşdan tiyilgani fonida yuz berayotgani ham ana şunday xulosalarga olib kelyapti.
Elçining sözlarini Yevropa Ittifoqining boş diplomati, Fransiya, Latviya, Litva, Estoniya, Ukraina kabi davlatlar taşqi işlar vazirlari keskin qoraladi. Rasmiy Pekin esa öz elçisi quyuşqondan çiqqanini tan oliş örniga, Xitoyning pozitsiyasini göyoki buzib körsatgan ommaviy axborot vositalarini aybdor qildi
Mavzuga oid
. Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibining aytişiça, Lu Şayning sözlari şunçaki uning “şaxsiy fikri” bölgan. Vazirlik rasmiysi Pekin possovet davlatlarini birinçilardan bölib tan olgani va ularning suverenitetini qöllab-quvvatlaşini ham aytdi.
Markaziy Osiyo davlatlari holatga munosabat bildirmadi. Bu örinda Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov tört yildan ortiqroq vaqt davomida Özbekistonning Xitoydagi elçisi bölib işlaganini eslatib ötiş kerak. Yil boşidan buyon taşqi işlar vaziri lavozimida faoliyat yuritayotgan Saidov seşanba kuni “vazifasini bajaruvçi” qöşimçasidan xalos qilinib, vazir lavozimiga tasdiqlandi.
27 aprel kuni Xitoyning Sian şahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy taşqi işlar vazirlarining törtinçi uçraşuvi bölib ötdi. Unda Xitoy taşqi işlar vaziri Tsin Gan hamkasblarini Pekin ularning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qöllab-quvvatlaşiga işontirgan. Bu uçraşuvdan keyin e’lon qilingan press-relizga köra, may oyida Sian şahrida davlat rahbarlarining Markaziy Osiyo – Xitoy formatidagi sammiti bölib ötadi.
Taşqi siyosatda ikkilamçi sanksiyalar xavfi doimiy kun tartibida bölib turibdi. Bir neça oylardan beri ğarb naşrlari Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasini şubhali ravişda oşirgani haqida yozyapti. Ularga köra, Rossiyaga töğridan töğri sotilişi taqiqlangan tovarlar avvaliga Markaziy Osiyoga import qilinib, keyin Rossiya hududiga reeksport qilinyapti.
Ötgan hafta AQŞ Moliya vazirligi Qozoğistonni Rossiyaga yordami tufayli sanksiyalar xavfi haqida rasman ogohlantirgan edi. Özbekistonga nisbatan rasmiy ogohlantiriş bölmagan bölsa-da, ayrim tovarlar guruhlarida Rossiyaga eksport noodatiy ravişda sezilarli köpayganini rasmiy statistika ham körsatib turibdi.
Şu hafta Yevropa Ittifoqining sanksiyalar böyiça maxsus vakili Devid ÖSallivan ikki kunlik taşrif bilan Toşkentga keldi. U prezident Şavkat Mirziyoyevning qabulida bölgaç, matbuot anjumanida iştirok etdi. Uning sözlariga köra, taşrifi vaqtida Özbekiston öz hududidan sanksiyalarni çetlab ötiş uçun foydalanilişiga qarşi ekaniga işonç hosil qilgan. Yevropalik diplomat buning uçun Özbekiston rasmiylariga minnatdorçilik bildirdi.
Şu bilan birga, Devid ÖSallivanning aytişiça, Özbekiston tomoniga Yevropa Ittifoqida işlab çiqarilgan va Rossiyaga yetkazilişi taqiqlangan mahsulotlar röyxati topşirilgan. Bu mahsulotlar ikki xil maqsadda foydalanişga yoki harbiy maqsadlarga möljallangan bölib, sanksiyalar joriy qilingan bölsa ham, baribir Rossiyaga yetib boryapti.
“Biz özbekistonlik hamkasblarimizdan röyxatdagi mahsulotlarni Özbekiston orqali olib ötilişiga alohida e’tibor qaratişlarini söradik, çunki yaqinda bu röyxatdagi tovarlarni Özbekiston hududi orqali eksport qiliş hajmi sezilarli darajada katta – 126 foizga oşganiga guvoh böldik”, dedi ÖSallivan.
Ayrim manbalarga köra, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining yangi 11-paketida sanksiyalarni çetlab ötişga yordam berayotgan davlatlarni jazolaş ham közda tutilayotgan bölişi mumkin.
Maktab vazirligining şubhali tenderlari
Oçiq-oydin körinib turgan milliardlab sömlik qonunbuziliş holatlari haqida ommaviy axborot vositalarida yoziladigan, lekin huquq organlaridan heç qanaqa reaksiya bölmaydigan kunlarga ham yetib keldik. 25 aprel kuni saytimizda e’lon qilingan, maktab öquvçilariga beriladigan prezident sovğasi böyiça tender haqidagi suriştiruvdan keyin birorta rasmiy munosabat bölmaganini boşqaça izohlaş qiyin.
Gap şundaki, Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining ta’minot xizmati 1-sinf öquvçilariga “Prezident sovğasi” sifatida beriş uçun öquv qurollari sotib oliş böyiça 12 ta tender ötkazgan. Ularning 4 tasini quriliş materiallari savdosi bilan şuğullanadigan firma, yana bittasini avtomaşinalarni yuvişga ixtisoslaşgan firma yutib olgan. Ustiga ustak, ğolib firmalar bilan kamida 13,5 mlrd söm qimmat narxlarda şartnoma tuzilgan. Ya’ni arzonroq narx taklif qilgan kompaniyalar bir çetda qolib, qimmatroq narx taklifini berganlar ğolib deb topilgan.
Keyinroq ma’lum bölişiça, bu – vazirlikning ta’minot xizmati ötkazgan şubhali tenderlarning birinçi ham, oxirgisi ham emas. Ingliz tili fanidan maşq daftarlari, darsliklar sotib oliş maqsadida 11 ta lotda ötkazilgan tenderlarda ham negadir qimmat narx taklif qilgan firma ğolib deb topilgan. Undan naq 30 foiz arzon narx bergan korxona esa jarayondan çetlaştirilgan.
Xayriyatki, davlat xaridlari sohasidagi şikoyatlarni körib çiqiş böyiça komissiya bu tender natijasini bekor qilgan. Lekin şu bilan iş yopdi-yopdi bölib ketgan körinadi. Ya’ni budjet pulidan olinadigan tovarlarni 30 foiz qimmatiga sotib olişga qaror qilgan mansabdor şaxslarga nisbatan biror javobgarlik qöllangani haqida ma’lumot yöq.
Ma’muriy islohotdan keyin hali yarim yil ötmay turib...
Ixçam va samarali hukumat taşkil qiliş maqsadida ma’muriy islohot e’lon qilinib, vazirlik va idoralar soni qisqartirilganidan 4 oy ötib, hukumat yana semirişni boşladi. 20 aprel kuni hukumat tarkibida ikkita yangi tuzilma paydo böldi.
Ulardan biri – Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi Davlat tilini rivojlantiriş departamenti. Bu departament ma’muriy özgarişlardan oldin ham bor edi. Idora nega yopilgani haqida biror izoh berilmagandi, 4 oy ötib nega yana qayta oçilganini ham heç kim tuşuntirgani yöq. Lekin departamentning avvalgi faoliyatiga nisbatan savollar yetarli edi. Davlat tili, alifbo va imlo böyiça muammolar qalaşib yotgan paytda bunaqa organning bor-yöqligi ham sezilmayotgandi. Bundan keyin ham sezilişiga işonç katta emas.
Yangi oçilgan ikkinçi idora Ta’limni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazi deb nomlanadi. Markazga boğçalar va maktablardagi ta’lim jarayoni böyiça katta vakolatlar berildi. Endi boğça va maktablar böyiça ta’lim standartlari, öquv rejalari va dasturlarini Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi emas, yangi markaz işlab çiqadi va tasdiqlaydi. Bundan taşqari, darsliklar va öquv-metodik majmualar böyiça vakolatlar ham töliq yangi markazga berildi.
Bu yangi Ta’lim markaziga xususiy sektorning ham köp işi tuşadi. Endi vakolatli davlat organlari xususiy boğçalar, xususiy maktablar va xususiy öquv markazlariga litsenziya berişda, ularni attestatsiya va akkreditatsiyadan ötkazişda Ta’lim markazi bilan kelişişi kerak. Qolaversa, markaz öquv-metodik majmualarni naşr qilib, ularni xususiy öquv markazlariga sotadi. E’tiborlisi, markaz xodimlari xususiy kurslardagi ta’lim sifatini ham nazorat qiladi.
Ixçam va samarali hukumatni taşkil etişga qaratilgan ma’muriy islohotdan tört oy ötar-ötmas yangidan yangi taşkilotlarni oçiş boşlab yuborilgani, ulardan biri hatto xususiy sektordagi jarayonlarni ham nazorat qila boşlaşi islohot mantiğiga mos emasdek körinadi. Bu örinda ayniqsa Ta’lim markazi böyiça qator savollarga javob oliş uçun batafsil matbuot anjumani taşkil etilişiga zarurat bor.
Bu hafta yana nimalar röy berdi?
Toşkentda yerusti metrosining yana 5 ta bekati foydalanişga topşirildi. Bu orqali Qöyliqdan Quruvçilar massivigaça boriş mumkin. Yaqin vaqt içida yana ikkita bekat ham bitkazilib, Qöyliq yönalişi Sergeli yönalişi bilan ulanadi. Şu tariqa, Toşkent metropolitenining bekatlari soni jami 50 taga yetadi. Yil oxirigaça Rossiyadan yana 56 ta yangi vagon, jami 14 ta harakat tarkibi olib kelinişi kutilyapti.
Uzbekistan Airways samolyoti bortida çaqaloq dunyoga keldi. Toşkentdan Istanbulga uçgan reys manzilga yetişiga 50 daqiqa qolganida, 12 ming metr balandlikda Sitora ismli ayol öğilli böldi. Aviakompaniya vakillari ona va bolani şifoxonaga joylaştirib, keyinroq ularning holidan xabar olgan. Ma’lum qilinişiça, 28 haftalik tuğilgan çaqaloq va uning onasining ahvoli yaxşi. Bolaga Muhammad deb ism qöyilgan.
Silk Avia kompaniyasi muntazam reyslarini boşladi. Qisqa masofalarga uçiş uçun oçilgankompaniya hozirça uçta samolyoti bilan oltita yönalişda parvozlarni yölga qöydi. Özbekiston içidagi çipta narxlari 188 ming sömdan boşlanadi. Aviakompaniya 3 yil içida yana 9 ta samolyot olib, Özbekiston içida va Markaziy Osiyo böyiça 54 ta yönalişda parvozlarni amalga oşirişi reja qilingan.
Andijon, Namangan, Buxoro va Urganç aeroportlari boşqaruvi bu yil xususiy sektorga topşiriladi. Bu haqda Toşkentda ötgan investitsiya forumida prezident Şavkat Mirziyoyev ma’lum qildi. Davlat rahbari temiryöl sohasida ham “katta özgarişlar” bölişini aytdi. U investorlarga murojaat qilarkan, prezident sifatida ularga kafolat berişini aytdi. Şavkat Mirziyoyev öz nutqida Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga tezroq a’zo bölişdan manfaatdor ekanini aytib, mamlakatda xalqaro tijorat sudi faoliyati yölga qöyilişini e’lon qildi.
“Mening yölim” loyihasida takliflarga ovoz beriş boşlandi. “Taşabbusli budjet”ga öxşaş bu loyiha doirasida tuman (şahar) budjetlaridan içki yöllarni ta’mirlaş uçun ajratilgan pullarning kamida 50 foizini fuqarolar taqsimlaydi. 27 aprel kuni jami yiğilgan 10 317 ta taşabbus ovozga qöyildi. Ovoz beriş jarayoni 7 maygaça davom etadi.
Özbekistonlik ayol Yaponiyada deputat etib saylandi. 37 yoşli Orzugul Boboxöjayeva Tokio şahrida, qariyb 1 million aholi yaşaydigan Setagaya okrugi deputatligiga saylandi. U – hukmron Liberal-demokratik partiya a’zosi. 21 yoşidan beri Yaponiyada yaşayotgan Boboxöjayeva 6771 ta ovoz bilan mahalliy deputatga aylandi.
Özbekistonda konstitutsiyani özgartiriş jarayoniga rasman yakun yasalyapti. Bugun ön mingdan ortiq referendum uçastkalarida ovoz beriş jarayoni bölib ötyapti. Markaziy saylov komissiyasiga köra, 600 mingdan ortiq fuqaromuddatidan oldin ovoz bergan.