Bundan ilgariroq Baxtiyor Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Baxtiyor Saidov Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavriat va magistratura), şuningdek, Jahon savdo taşkiloti instituti (Şveytsariya) bitiruvçisi.
U 2009-2013 yillarda Özbekistonning Koreya Respublikasidagi elçixonasida savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçisi lavozimida faoliyat körsatgan. Favqulodda va muxtor elçi diplomatik martabasiga ega.
B.Saidov 2017-2021 yillarda Özbekistonning Xitoydagi elçisi, bir vaqtning özida örindoşlik asosida Möğuliston va Filippindagi elçisi sifatida işlagan.
Özbekistonda turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, Vazirlar Mahkamasi, Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, şuningdek, «Özbekengilsanoat»da mehnat qilgan. Özbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri sifatida faoliyat yuritgan.
Baxtiyor Saidov Özbekiston prezidenti tomonidan 2022 yil 30 dekabr kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri v.b. lavozimiga tayinlangandi.

















