Transmaşholding (TMX) tarkibiga kiruvçi Rossiyaning “Metrovagonmaş” zavodi 2023 yilda Toşkent metropoliteni uçun 56 ta vagon yoki 14 ta tarkib yetkazib berişi kerak. Bu haqda TMX boş direktori Kirill Lipa ma’lum qildi.
“Hozir stolimizda (Toşkent uçun) 50 dan ortiq metro vagonlarini yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolangan va amalga oşirilmoqda”, – degan Lipaning “Innoprom. Markaziy Osiyo” körgazmasi panel sessiyasidagi sözlarini keltirmoqda Gazeta.uz.
Avvalroq Kun.uz 2023 yilda Rossiyadan 56 ta vagon olib kelinişi haqida metropoliten matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bergan edi. Biroq bu poyezdlar qaysi oyda, qança summaga olib kelinişi oçiqlanmayapti. Yangi tarkiblar yuklamaga qarab barça yönalişlarga taqsimlanişi aytilgan.
Transmaşholding rahbarining sözlariga köra, 2019-2021 yillarda Özbekiston poytaxti metrosiga “Metrovagonmaş”dan umumiy qiymati 91,3 million yevro bölgan 60 ta vagon olib kelingan. Bu – 15 ta tarkibni şakllantiriş imkonini bergan.
Yetkazib beriş “VEB.RF” davlat taraqqiyot korporatsiyasi, “Rossiya eksport markazi” AJ, Roseksimbank kreditlari va Özbekiston davlat budjeti hisobidan moliyalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, kuni keça Toşkent yerusti metrosining yana 5 ta bekati foydalanişga topşirildi.

















