“Men xorijiy kompaniyalar va tadbirkorlar bilan köproq muloqot qilişga intilaman. Sizlarning ğoya, taklif va taşabbuslaringiz menga kuç-ğayrat beradi, yangi islohotlarga undaydi. Şu bois, yangi-yangi investorlar bilan tez-tez uçraşuvlar ötkazişga, sizlarning yurtimizdagi yutuqlaringizni şaxsan kafolatlaşga tayyorman”, - dedi prezident.
Investorlar huquqlarini sud orqali kafolatli himoya qiliş borasida katta qadamlar qöyilmoqda.
Bundan buyon, tadbirkor va investorlar sudda öz talabining töğriligini isbotlaşi şart emas. Endi davlat idorasi öz qarorining qonuniyligini isbotlab berişga majbur böladi. Yuzaga kelgan har qanday noaniqliklar esa investorlar foydasiga hal qilinadi.
Qonunlarda xalqaro arbitraj sudlari qarorlarini majburiy ijroga qaratiş mexanizmlari mustahkamlab qöyildi.
"Joriy yilda ham tadbirkorlar huquqini himoya qiliş böyiça islohotlarimiz davom ettiriladi. Jumladan, xalqaro ekspertlar kömagida tariximizda ilk bor Xalqaro tijorat sudi faoliyati yölga qöyiladi", - dedi davlat rahbari.

















