26 aprel kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toşkent-Istanbul yönalişi böyiça parvoz qilgan HY-273 reysi samolyoti bortida çaqaloq dunyoga keldi.

Qayd qilinişiça, samolyot Istanbulga yaqinlaşganda ayolni tölğoq tutgan. 1996 yilda tuğilgan Sitora A. bu haqda styuardessalarga murojaat qilgan. Şundan söng ular yölovçilardan şifokor bor yoki yöqligini söraşgan.

Biroz vaqt ötgaç, homiladorlikning 28-haftasida bölgan ayol öğil farzandni dunyoga keltirgan. Samolyot Istanbul xalqaro aeroportiga qöngaç, tibbiyot xodimlari ona va çaqaloqni poliklinikaga yetkazgan. Ularning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bola tuğilişida yordam körsatgan yölovçilarga minnatdorlik bildirib, ularga esdalik sovğalari taqdim etilişini ma’lum qildi. Şuningdek, «Butunjahon uçuvçilar kuni»da tuğilgan çaqaloq kelajakda hayotini osmon va aviatsiya bilan boğlaşiga umid bildirdi.