Birinchi reyslar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘ladi:

  • Toshkent – ​​Termiz – Toshkent (haftasiga 2 marta);
  • Toshkent – ​​Navoiy – Toshkent (haftasiga 2 marta);
  • Toshkent – ​​Namangan – Toshkent (haftasiga 4 marta);
  • Toshkent – ​​Qarshi – Toshkent (haftasiga 4 marta);
  • Toshkent – ​​Buxoro – Urganch – Buxoro – Toshkent (haftasiga 5 marta);
  • Toshkent – ​​Samarqand – Urganch – Samarqand – Toshkent (haftasiga 7 marta).

“Bizda uchta samolyot mavjud bo‘lsa-da, biz turoperatorlar tomonidan tavsiya etilgan qulay uchish va kelish vaqtlarini ta’minlagan holda uchish jadvaliga eng ommabop yo‘nalishlarni kiritmoqdamiz. Biz nafaqat Toshkentni viloyatlar bilan, balki viloyatlarni ham o‘zaro bog‘lashga harakat qildik. Yangi samolyotlar kelishi bilan, jadvallar o‘zgaradi va kengayadi”,deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.

Birinchi bosqichda uch xil tarifdagi chiptalar taklif etilmoqda:

  • “Oddiy” tarifi: Qo‘l yuki 5 kg gacha (gabariti 40x30x20 sm dan oshmasligi kerak). Bagaj – yo‘q. Chiptani qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish imkoniyati – yo‘q.
  • “Oson” tarifi: Qo‘l yuki 5 kg gacha. Bagaj – yo‘q. Chiptani qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish imkoniyati – bor.
  • “Omad” tarifi: Qo‘l yuki 5 kg gacha. Bagaj – 20 kg gacha. Chiptani qaytarish yoki qayta rasmiylashtirish imkoniyati – bor.

Ta’kidlanishicha, aviachiptalar narxi 180 ming so‘mdan boshlanadi. Bagaj ko‘zda tutilmagan tariflarda qo‘shimcha to‘lov evaziga bagaj olib ketish imkoniyati borasida ma’lumot berilmagan.

Silk Avia Ramazon hayiti bayrami va sotuvlar boshlanishi munosabati bilan aksiya e’lon qilgan: 30 aprelgacha barcha yo‘nalishlarga istalgan tarifdagi chiptalar eng arzon “Oddiy” tarifi narxida – marshrutga qarab 17 yevrodan 35 yevrogacha sotiladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Chiptalarni silk-avia.com