Markaziy saylov komissiyasi axborotiga köra, 611 320 nafar fuqaro muddatidan oldin ovoz bergan.
Eslatib ötamiz, referendum 30 aprel, yakşanba kuni bölib ötadi.
Ovoz beriş uçastkasi qayerda joylaşgani haqida MSK saytida onlayn ma’lumot oliş mumkin. Buning uçun uşbu sahifada tegişli joylarga pasport/ID-karta raqami va tuğilgan sanani kiritiş kerak.
27 aprel kuni Markaziy saylov komissiyasi koll-markaz işga tuşganini ma’lum qildi. Unga köra, jismoniy va yuridik şaxslar 1200 qisqa raqamiga qönğiroq qiliş orqali referendumga doir huquqiy tuşuntiriş va maslahatlar olişi mumkin.
Referendumni kuzatib boriş uçun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi, Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi hamda Buyuk Britaniya, Fransiya, Çexiya kabi xorijiy mamlakatlardan jami 45 nafar kuzatuvçi akkreditatsiyadan ötkazilgan.
25 aprel holatiga, xalqaro taşkilotlar va xorijiy mamlakatlardan akkreditatsiyadan ötkazilgan kuzatuvçilar soni 383 nafarga, akkreditatsiyadan ötkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari 964 nafarga yetgan.


















