Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “Ta’minot va logistika xizmati” DUK tomonidan 2023/24-öquv yiliga ingliz tili fanidan 1-11 sinf maşq daftarlari, darsliklar va öquv metodik majmualar sotib oliş uçun 11 ta lotda tenderlar ötkazilgan. Ammo bu tender natijalari davlat xaridlari sohasidagi şikoyatlarni körib çiqiş böyiça komissiya yiğilişi bayoni bilan bekor qilingan.

Davlat xaridlari elektron tizimiga mazkur yiğiliş bayonnomasi joylaştirildi. Unda yozilişiça, mazkur xarid böyiça baholaş mezonlarida raqobatni çeklaşga olib keladigan yoki olib kelişi mumkin bölgan harakatlar mavjud bölgan. Bu esa tender savdolari iştirokçilarining manfaatlari buzilişiga sabab bölişi mumkinligi ta’kidlangan.

Bayonnomaga köra, “Özbekiston” naşriyot-matbaa ijodiy uyi tender savdolari iştirokçilari örtasida kamida 30 foiz arzon narx taklifini bergan, biroq bu xarid komissiyasi tomonidan inobatga olinmagan.

Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlar va iş holati batafsil örganib çiqilganida, asossiz ravişda tenderdan çetlatilgan “Özbekiston” naşriyot-matbaa ijodiy uyi MÇJning narx taklifi ğolib iştirokçining taklifidan 30 foizgaça pastligi ma’lum bölgan.

Davlat buyurtmaçisi tovarlarning qiymatini hisobga olişi, davlat xaridlari uçun ajratilgan mablağlardan samarali foydalanişi, tovarlarning sifati va qiymati örtasidagi maqbul nisbatni ta’minlaşi kerakligi inobatga olinib, “Ta’minot va logistika xizmati” DUK tomonidan ötkazilgan yuqoridagi davlat xaridlari komissiya qarori bilan bekor qilingan.

Bu – “Ta’minot va logistika xizmati” DUK tomonidan xaridlarni qimmat narxda amalga oşirişga bölgan ilk uriniş emas.

Oldinroq Kun.uz mazkur korxona öquv qurollari xaridi uçun 12 ta tender ötkazgani, ularning 4 tasini yoğoç va quriliş materiallari ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi firma, bittasini faoliyat turi avtomaşinalarni yuviş bölgan firma yutib olgani haqida yozgandi. Kun.uz hisob-kitoblariga köra, ğolib firmalar bilan 13,5 mlrd söm qimmat narxlarda şartnoma imzolangan.