Xalqaro kongress markazida ikkinçi Toşkent xalqaro investitsiya forumi boşlandi. Uning yalpi majlisida prezident Şavkat Mirziyoyev nutq sözlamoqda. 

Qayd etilişiça, Özbekistonda taşqi savdoni erkinlaştiriş böyiça navbatdagi muhim qadamlar qöyildi.

Investorlar uçun zarur bölgan 7 mingdan ziyod xomaşyo va tovarlarga bojxona bojlari bekor qilindi.

Bojxona hududida qayta işlaşning soddalaşgan tartibi joriy etildi. 

Taşqi savdo va raqobat muhitini yangi bosqiçga olib çiqiş, yangi-yangi bozorlarga kiriş maqsadida Özbekiston Jahon savdo taşkilotiga qöşiliş borasidagi işlarni jadallaştirdi. 

“Alohida ta’kidlab ötmoqçiman, Jahon savdo taşkiloti talablari islohotlarimiz mazmuniga töla mos va biz uşbu nufuzli taşkilotga tezroq a’zo bölib kirişdan manfaatdormiz”, - dedi prezident.

Hozir a’zo mamlakatlar bilan muzokaralar olib boriş hamda milliy qonunçilikni Jahon savdo taşkiloti qoidalari bilan uyğunlaştiriş qizğin bosqiçda.