Toşkentda yerusti halqa metro yölining II bosqiçi doirasida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda yölovçi taşuvlari boşlandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qöyliq—Quruvçilar uçastkasida quriliş işlari tugatilgan 5 ta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometr.

Şunday qilib, Toşkent metropolitenining bekatlari soni 48 taga yetdi. Yerusti metrosi qurilişining ikkinçi bosqiçi töliq yakunlanişi bilan Toşkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta böladi.

Bekatlarga hozirça yangi nom berilmagan.

2023 yil aprel boşida Toşkent şahar hokimligi metropoliten yerusti liniyasining Döstlik—Qöyliq va Olmazor—Sergeli yönalişlaridagi bekatlarni nomlaş böyiça ovoz berişga çaqirgandi. 

Ma’lumot uçun, «Döstlik» metro bekatidan «Qöyliq» bekatigaça bölgan metro liniyasining birinçi bosqiçi 2020 yil avgust oyida işga tuşirilgandi. Öşa yilning dekabr oyida Çilonzor liniyasining davomi bölgan Sergeli filiali oçilgandi.

Yana ikkita stansiyani öz içiga olgan, uzunligi qariyb 4 km bölgan «Quruvçilar» — «Qipçoq» bekatining (Sergeli liniyasining 5-bekati) qurilişi davom etmoqda. Hozirça uşbu yönalişda avtobuslar qatnovi yölga qöyilgan.