Aprel oyida Xitoyning işlab çiqariş faolligi kutilganidan farqli ravişda pasaydi. 30 aprel, yakşanba kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boşqarmasi tomonidan e’lon qilingan Xarid böyiça menejyerlar indeksi (PMI) körsatkiçlari şundan dalolat beradi. Xitoyning işlab çiqariş PMI körsatkiçi mart oyidagi 51,9 punktdan keyin 49,2 punktga tuşdi, ekspertlar esa 51,4 darajani kutişgan edi.
Xitoyning noişlab çiqariş sektoridagi faolligining ösişi ham biroz sekinlaşdi. Agar mart oyida uşbu sohada PMI indeksi 58,2 punktni taşkil etgan bölsa, aprel oyida u 56,4 punktga teng böldi. Işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalaridagi vaziyatni aks ettiruvçi PMI deb ataladigan körsatkiç aprel oyida 54,4 punktni taşkil etdi. Taqqoslaş uçun: mart oyida u 57,0 darajasida edi.
Reuters agentligining ta’kidlaşiça, hozirgi rivojlaniş "global talabning sustligi va mahalliy köçmas mulk sektorini hisobga olgan holda, COVID-19 pandemiyasidan notekis tiklaniş davrida" iqtisodiy muammolarni yanada kuçaytirmoqda.
50 punktdan yuqori bölgan PMI körsatkiçi sanoatdagi ösişni körsatadi, 50 punktdan past körsatkiçlar esa faollikning qisqarişini anglatadi. Şu bilan birga, PMI biznes faolligining yetakçi körsatkiçidir, çunki menejyerlar kutilgan talab asosida xaridlarni amalga oşiradilar.












