Boks böyiça dunyo birinçiligining oçiliş marosimida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov, yoşlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov va boşqalar iştirok etdi.  

Tantanali oçiliş marosimining rasmiy qismida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov sözga çiqib, musobaqa mehmonlarini qutladi va sportni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan  işlar haqida gapirdi.

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov, öz navbatida, Özbekiston rahbariyatiga uşbu musobaqani ötkazişga körsatayotgan kömagi va yuqori darajadagi taşkilotçilik uçun minnatdorlik bildirdi. IBA prezidenti boks böyiça jahon çempionatini rasman oçiq deb e’lon qildi.

Tadbir davomida, şuningdek, boksçilar nomidan Tokio-2020 Olimpiadasi çempioni Bahodir Jalolov musobaqada halol va şaffof raqobat olib borişga qasamyod qildi.