Bryansk oblastida temiryo‘lda portlash amalga oshirildi. Yuk poyezdi izdan chiqib ketgan
Poyezdning nafaqat lokomotivi, balki neft mahsulotlari va yog‘och ortilgan yetti-sakkiz vagon ham relsdan chiqib ketgan.

Foto: TWITTER
Rossiyaning Bryansk oblastida temiryo‘lda portlovchi qurilma harakatga keltirilishi oqibatida yuk poyezdi relsdan chiqib ketgan va yong‘in yuzaga kelgan.
Unechsk rayoni hududida temiryo‘lda ro‘y bergan portlash oqibatida Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz xabar berdi.
«Unechsk rayonida Bryansk-Unecha temiryo‘lining 136-kilometrida noma’lum portlovchi qurilma ishga tushirilgan, natijada yuk poyezdi lokomotivi relsdan chiqib ketgan. Jabrlanganlar yo‘q. Ayni vaqtda voqea joyida operativ xizmatlar ish olib bormoqda», deya yozgan region rahbari telegram-kanalida.
Yo‘lning Ukraina bilan chegaradan taxminan 60 km masofadan o‘tgan ushbu qismida harakat to‘xtatilgan.
Rossiya temiryo‘llaridan xabar berishlaricha, Moskva vaqti bilan 1 may kuni soat 10:17 da ro‘y bergan hodisa oqibatida lokomotiv yonib ketgan va yuk ortilgan yetti-sakkiz vagon izdan chiqib ketgan.
Xabar qilishlaricha, poyezd neft mahsulotlari va yog‘och olib ketayotgan bo‘lgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Poyezd Belarusning Gomel shahridan Bryansk tomon harakatlangan.
Bryansk oblasti Ukrain va Belarus bilan chegaradosh hisoblanadi. Mahalliy rasmiylar bungacha ko‘p bor hududda Ukraina manfaatlari yo‘lida amalga oshirilgan diversiya aktlari haqida xabar bergan.
Shanba kuni ham Bogomaz Ukraina bilan chegaradan taxminan 12 masofadagi Suzemka qishlog‘i o‘qqa tutilishi oqibatida tinch aholi vakillaridan to‘ri kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandi.
Ukrainaga bosqin boshlanganidan buyon Rossiya maxsus xizmatlari temiryo‘llarda diversiya amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan shaxslar qo‘lga olingani haqida bir necha bor xabar bergan. FSB xabarlarida muntazam ravishda «ukrain kuratorlari» iborasi tilga olinadi, go‘yoki gumonlanuvchilar ularning topshirig‘i bilan temiryo‘llarda portlashlar uyushtirishga tayyorlangan. Aprel oyi o‘rtalarida «Mediazona» Rossiyada temiryo‘llardagi diversiya ishi bo‘yicha 65 dan ortiq kishi qo‘lga olinganini hisoblab chiqqan, ularning har uchinchisi — voyaga yetmagan bolalardir.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Radikal isroilliklar Nablus hududidagi o‘nlab daraxtlarni yo‘q qildi
Jahon | 09:00
-
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi
Jahon | 08:44
-
YuNeSKO qarorgohida o‘zbek xalqining choy ichish bilan bog‘liq an’analari taqdim etildi
O‘zbekiston | 08:40
-
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025
Rossiya Ukrainaga 550 ta dron va raketa uchirdi

11:06 / 04.07.2025
Kiyevga tungi hujum: 20 dan ortiq kishi jabrlangan, temiryo‘l shikastlangan

20:34 / 03.07.2025