Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan tojik kavragi ösimligi uçun moratoriy joriy etildi. Bu «Yaylovlarni muhofaza qiliş va ulardan oqilona foydalanişni ta’minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonga asosan amalga oşirildi. 

Tabiat resurslari vazirligi xabariga köra, hozirgi vaqtda kavrak ösimligidan noqonuniy foydalaniş uning kamayib ketişiga sabab bölib, takror va tabiiy köpayişiga salbiy ta’sir ötkazmoqda. Moratoriydan maqsad esa ösimlikning tabiiy populyatsiyasi, takror köpayişi va qayta tiklanişini ta’minlaşdir. 

3 yilga möljallangan moratoriy davrida yovvoyi holda ösuvçi tojik kavragidan foydalaniş holatlari aniqlanganda qonuniy çoralar köriladi. Şuningdek, kavrak ösimligining Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hamda kiritilmagan barça turlaridan tegişli ruxsatnomasiz foydalaniş (yuliş, yiğiş, kesiş, zarar yetkaziş, nobud qiliş) va sotiş yuzasidan qat’iy nazorat örnatiladi. 

Kavrak (Ferula) selderdoşlar oilasiga mansub bölib, köp yillik öt ösimlik hisoblanadi. Uning yer yuzida 160 dan ziyod, Örta Osiyo respublikalarida 104 ta, Özbekistonda esa 50 dan ziyod turi uçraydi. 

Kavrakning yelim-smolasi xalq tabobatida tomir tortişi, öpka sili, ölat, zahm, kökyötal, tiş oğriği, asab va boşqa kasalliklarga qarşi dori hamda quvvat beruvçi vosita sifatida qöllaniladi.