Tabiat “qöriqçisi” pulni olayotgan vaqtda uşlangan. Bu haqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, tadbirkor F.N. Karmana tumani Xonçarboğ mahallasidagi yer maydonida sport kompleksi qurişni maqsad qilgan. Quriliş jarayonida esa bu joydagi mevali va manzarali daraxtlarni kesib taşlaşga majbur bölgan.
Bundan xabar topgan Karmana tumani Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş bölimi boşliği X.T. hodisaga qonuniy baho beriş örniga kesilgan daraxtlar uçun bayonnoma rasmiylaştirmaslik hamda jazo körmaslik evaziga tanişi X.K. orqali 10 mln söm talab qilgan.
Tadbirkorning arizasiga binoan şu kuni Navoiy viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati JQB, Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi hamda boşqa huquqni muhofaza qiliş organ xodimlari bilan hamkorlikda tadbir ötkazilgan. Jarayonda tadbirkordan 10 mln söm olayotgan mansabdor protsessual tartibda uşlangan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















