
Bugun, 3 may kuni Oliy Majlis Senatining 40-yalpi majlisida öz işini boşladi. Senatorlar dastlab “Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar va qöşimça kiritiş haqida”gi qonunni körib çiqişdi.
Qonunga muvofiq daraxt va butalarni, boşqa ösimliklarni va nihollarni qonunga xilof ravişda kesganlik, kundakov qilganlik, şikastlantirganlik, yöq qilganlik yoki boşqa joyga köçirib ötkazganlik uçun jarima miqdorlari oşirilmoqda. Şuningdek, ma’muriy jazo çorasi qöllanganidan keyin bir yil davomida uşbu huquqbuzarliklarni takror sodir etganlik uçun ön beş sutkagaça muddatga ma’muriy qamoqqa oliş çoralari belgilanmoqda.

Bundan taşqari, endilikda daraxtlar va butalarning qimmatbaho navlarini kesişga, kundakov qilişga, şikastlantirişga yoki yöq qilişga olib keladigan loyiha hujjatlarini işlab çiqqanlik uçun ma’muriy javobgarlik ham kiritilmoqda. Noqonuniy daraxt kesganlik yoki kundakov qilganlik uçun Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 4 ta moddasida ma’muriy javobgarlik belgilangan. Mazkur moddalarda bir xil ma’muriy huquqbuzarlik uçun turli miqdordagi jarimalar va nomutanosiblik mavjudligi inobatga olinib, özgartişlar orqali bir turdagi ma’muriy xuquqbuzarlikka nisbatan bitta moddada bir xil javobgarlikni belgilaş nazarda tutilyapti.

“Daraxtlarni nobud qilişning ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy jiddiy oqibatlari xususida bugun ortiqça izohga hojat yöq. Jamiyatda bunga nisbatan murosasiz munosabat, ya’ni daraxt kesiş – jinoyat degan qaraş şakllandi. Şu bilan birga, amaliyotda noqonuniy daraxt kesiş hollari töliq barham topmagan bölib, mazkur jinoyatning asosan oqibatlari bilan kuraşilmoqda. Ya’ni daraxtlarga şikast yetkazib, nobud qilib bölinganidan keyingina çora körilmoqda. Bu hol ayniqsa quriliş sohasida köp kuzatilmoqda.
Muhokama qilinayotgan qonun bilan daraxtlarni kesiş, şikastlantiriş, yöq qilinişiga olib kelişi mumkin bölgan yoki olib kelgan quriliş loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uçun javobgarlik belgilanayotgani alohida ahamiyatga ega. Ya’ni nafaqat bunday noqonuniy harakatlarni bevosita amalga oşirgan şaxslarni, balki birinçi navbatda, buning uçun mas’ul bölgan mutassadilarni ham tegişli javobgarlikka tortiş haqida söz bormoqda. Demak, endilikda nafaqat oqibatlar bilan kuraşiş, balki sabab va asoslarga yöl bermaslikning aniq huquqiy asosi yaratilmoqda
















