Ijtimoiy tarmoqlarda Qarşi tumani hududidan oqib ötuvçi kanal çetidagi yölning oldida “Vaz-2106” rusumli maşina yonayotgani va uning içida inson jasadi borligi haqida xabar tarqaldi.

Xabarda, maşina Qarşi-Beşkent yöli yoqasida yonib ketgani, jasad haydovçi örindiğida ötirgani aytilgan.

Qaşqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Qarşi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Marhumning ölimi sabablarini aniqlaş böyiça tegişli ekspertizalar tayinlangan. Jinoyat işi tergovi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.