Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kelişuvning ayrim tafsilotlarini ma’lum qildi.
“Siemens kompaniyasi birinçi marta nafaqat uskuna yetkazib beruvçi, balki investor sifatida ham iştirok etyapti. Bu kompaniya bilan Surxondaryoda yangi IES quriş, Navoiyda taşkil etilayotgan kimyo klasteri doirasidagi IESni quriş hamda 1000 MW gaça quvvatdagi şamol va quyoş energetikasi böyiça stansiyalar qurişga kelişib oldik.
Bu, albatta, birdaniga bölmaydi. Masalan, Surxondaryodagi IES qurilişi bu yil boşlansa, 2026 yilda işga tuşadi. 2023 yil böyiça esa Siemens'da mavjud bölgan turbinalarning şartnomasini imzoladik. Bu turbinalar Buxoro va Muborakdagi issiqlik markazlariga örnatiladi. Bu turbinalarni joriy yilda yetkazib, montaj qilib, dekabr oyigaça işga tuşirişga kelişib oldik. Ya’ni 150-160 MW yangi quvvatni işga tuşirilişi rejalaştirilgan”, – dedi Jörabek Mirzamahmudov Berlinda bölib ötgan biznes forum doirasida bergan intervyusida.
Eslatib ötamiz, 2 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy taşrifi amalga oşirilmoqda.
Avvalroq Germaniyaning “Infineon Technologies” kompaniyasi bilan hamkorlikda Özbekistonda mikroçiplar işlab çiqariş rejalaştirilayotgani haqida xabar berilgandi.










