Ukraina Oliy Radasi «raşizm» atamasini qonuniylaştirdi, 281 deputat «Rossiya siyosiy rejimi tomonidan raşizm mafkurasidan foydalaniş, raşizm tamoyillari va amaliyotlarini totalitar va ğayriinsoniy sifatida qoralaş töğrisida»gi qaror uçun ovoz berdi. Bu haqda Rada deputati Oleksiy Gonçarenko ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. 

Rossiya tomonidan Ukrainada boşlangan uruş butun dunyoga Vladimir Putin siyosiy rejimining mohiyatini «ötmişning eng yomon amaliyotlariga ergaşadigan va zamonaviy versiyada faşizm (raşizm) va milliy sotsializm ğoyalarini özida mujassam etgan neoimperial, totalitar diktatura sifatida namoyon qildi», deyiladi qarorning tuşuntiriş xatida. 

Oliy Rada Boş prokuraturaga, Adliya vazirligiga «Ukraina hududida raşizm mafkurasi va siyosatiga qarşi javob çoralarini körişi» uçun zudlik bilan murojaat qilişni rejalaştirmoqda. Parlament, şuningdek, Rossiyadagi siyosiy rejimni «raşizm» deb e’lon qiliş taklifi bilan xalqaro hamjamiyatga murojaat etişni rejalaştirmoqda. 

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina geografik obektlari va köçalariga Rossiya bilan boğliq nomlarni berişni taqiqlovçi «toponimlarni dekolonizatsiya qiliş» töğrisidagi qonunni imzolagan edi. 

2015 yil may oyidan boşlab Ukrainada kommunistik ramzlarni tarğib qilişni taqiqlovçi dekommunizatsiya töğrisidagi qonun normalari qöllanila boşlandi. Mamlakatda sovet davlat arboblari yodgorliklari demontaj qilinmoqda, köça va şaharlar nomlari özgartirilmoqda. Misol uçun, Dnepropetrovsk Dnepr, Artyomovsk - Baxmut va Kirovograd - Kropivnitskiy deb özgartirildi.