Kirbining baholaşiça, Rossiyaning Donbassdagi yurişlari muvaffaqiyatsiz yakunlangan. «Rossiyaning Donbassda, asosan Baxmut orqali hujum uyuştirişga urinişi muvaffaqiyatsizlikka uçradi», degan Oq uy vakili.

«Bu urinişlar narxi, ayniqsa Baxmutda şunçaki nihoyatda yuqori böldi», degan Kirbi. U bu yerda otişmalar va janglar dekabrgaça ham ança vaqtdan buyon davom etgani va Rossiya «öz harbiy zaxiralari va qurolli kuçlarini tugatib bitirgani»ni qayd etgan.

«Bizning hisob-kitoblarimizga köra, dekabrdan buyon Rossiyaning yöqotişlari 100 mingdan ortiq kişini taşkil etgan, şundan 20 mingdan ortiq kişi halok bölgan. [Qurbonlarning] qariyb yarmi - «vagnerçilar» bölib, ularning aksari yetarli jangovar tajribaga va jangovar tayyorgarlikka ega bölmagan, qandaydir taşkiliy va qömondonlik tartibisiz Baxmutdagi janglarga taşlangan rossiyalik mahbuslar edi», degan AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi rasmiy vakili.

Kirbi bunday baho qanday ma’lumotlarga asoslangani va qanday metod böyiça tuzilganiga batafsil töxtalmagan.

U Amerika Ukrainaning yöqotişlarini qanday baholaşini ham oçiqlamagan. «Ular bu yerda qurbon, Rossiya esa - agressor», deya uning sözlarini keltirgan AFP. Mulozimning sözlariga köra, Oq uy Ukraina va uning armiyasining holatini murakkablaştiruvçi ma’lumotlarni oşkor etmaydi.

Aprel oyida matbuotga sizdirilgan Pentagon maxfiy hujjatlarida 1 mart holatiga köra Rossiyaning uruş boşidan buyon bergan yöqotişlari  (halok bölganlar) 35 mingdan 43,5 minggaça baholanişi, Ukrainaniki - 16-17 ming ekani aytilgandi. Bu hujjatlarning işonçliligi oxirigaça tasdiqlanmagan.

AQŞ Harbiy-dengiz kuçlarini tahlil qiliş markazining Rossiya dasturi direktori Maykl Kofman öz tvitterida fikr bildirişiça, Rossiyaning yöqotişlari böyiça Kirbi tomonidan keltirilgan raqam «baho spektrining yuqori çegarasi», uning quyi çegarasi, katta ehtimol bilan Oq uy ma’lumotidagi raqamlarning 80-85 foiziga teng böladi.

Qurbonlar sonini baholaş böyiça nimalar ma’lum?

Olga Ivşina, BBC rus xizmati

Duşanba kuni Vaşingtonda ma’lum qilingan tendensiyani biz fevral oyi boşidan buyon tasvirlab kelmoqdamiz. Aynan öşanda BBC «Mediazona» hamda köngillilar jamoasi bilan hamkorlikda ilk bor yöqotişlarning keskin kötarilişini qayd etgandi. Tasdiqlangan kunlik ölim holatlari soni 2022 yilning örtaça körsatkiçidan uç, ba’zi kunlarda esa tört barobar oşib ketgandi.