Ostona sudi 4 may, payşanba kuni Qozoğiston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev jiyanining sobiq xotini Gulmira Satibaldini özboşimçalik va odam öğirlaşda aybdor deb topib, mol-mulkini musodara qilmasdan 7 yilga ozodlikdan mahrum qildi. «Jazoni ötaş rejimi örta darajadagi jazoni ijro etiş tizimida belgilanişi kerak», — dedi raislik qiluvçi sudya Kemenger Imaşev. Bundan taşqari, Satibaldi Qozoğiston davlat mukofoti – «Kurmet» ordenidan ham mahrum qilinadi. 

Bu iş böyiça ikkinçi ayblanuvçi - Satibaldining haydovçisi Madi Botirşayev ham 7 yilga, uçinçi ayblanuvçi - odam öğirlaş jinoyatini sodir etgan Raşid Ötebekov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Sud mart oyining örtalaridan beri davom etdi, iş böyiça jabrlanuvçilar ikki tadbirkor – Galanz bottlers AJ asosçisi Tursengali Alaguzov va Maxi Bottlers MÇJ sobiq egasi Oygul Mekeşeva edi. 

Gulmira Satibaldi 2022 yilning 16 martida qölga olingan va Ostonadagi vaqtinçalik hibsxonaga joylaştirilgan. Korrupsiyaga qarşi kuraş agentligi unga va bir qator boşqa şaxslarga nisbatan biznesni musodara qiliş böyiça tergov boşlanganini e’lon qildi. 2023 yil yanvar oyida Satibaldi odam öğirlaş va özboşimçalikda ayblangani ma’lum böldi. Tergov ma’lumotlariga köra, Satibaldi içimliklar işlab çiqaruvçi kompaniyalarning yirik aksiyalarini tortib olişga urinib, Mekeşevani öğirlab ketgan va uning bolalarini öldiriş bilan tahdid qilgan. Zarar miqdori 6 milliard tengedan ortiqni taşkil qilgan. Aprel oyida Satibaldi va Mekeşeva vositaçilik kelişuviga erişdilar, sudlanuvçi öz aybini qisman tan oldi. 

Gulmira Satibaldi avvalroq Nazarboyevning jiyani Qayrat Satibaldi bilan turmuş qurgan bölib, u 2018 yilda Qozoğistonning Forbes naşri tomonidan mamlakatning eng nufuzli biznesmenlari röyxatiga kiritilgan, uning boyligi 163 million dollarga baholangan.