Zelenskiy, boşqa narsalar qatorida, Xalqaro jinoiy sudga (XJS) taşrif buyuradi, deb xabar berdi sud qöşimça ma’lumotlarni oçiqlamasdan. 

Mart oyida XJS Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order bergan edi. 

XJS uni Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilişga aloqadorlikda gumon qilmoqda. Kreml Rossiya bu sudning yurisdiksiyasini tan olmasligini eslatib, XJS qarorini «ğazablantiradigan» deb atadi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi orderning «muhim emas»ligini ma’lum qildi. Putinning özi XJS qaroriga izoh bermadi. 

Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Putin ustidan sud böladigan bölsa, XJS ştab-kvartirasiga raketa hujumi uyuştiriş bilan tahdid qildi. 

«Haaga sudi binosi Şimoliy dengizdagi Rossiya kemasidan gipertovuşli taşuvçi yordamida maqsadli nişonga olinişini tasavvur qiliş mumkin. Şunday ekan, sudyalar, osmonga diqqat bilan qaranglar», deb yozadi Medvedev. Putinni order bilan hibsga olişga har qanday uriniş Rossiyaga uruş e’lon qiliş böladi, dedi u.