Emmanuel Makron O‘zbekistonga keladi
Makron O‘zbekistonga tashrif buyurgan Fransiyaning ikkinchi prezidenti bo‘lishi kutilmoqda. Yaqin istiqbolda O‘zbekistonga Vengriya va Singapur prezidentlari, Yaponiya bosh vaziri hamda Qatar amiri ham tashrif buyurishi mumkin.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023 yilda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda bugun, 5 may kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Hewshub.
“Fransiya prezidenti Makronning bu yil O‘zbekistonga amalga oshiradigan tashrifi amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi uchun ikki mamlakat hukumatlarining sa’y-harakatlari talab etiladi”, – degan Qudratov savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston–Fransiya hukumatlararo komissiyasi yig‘ilishida.
Tashrif amalga oshsa, Makron O‘zbekistonga kelgan Fransiyaning ikkinchi prezidenti bo‘ladi. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 1993 yilda Yevropa bo‘ylab GFR, Niderlandiya, Fransiya va Buyuk Britaniyaga safar qilgan, bunga javoban 1994 yilda Fransiyaning 21-prezidenti Fransua Mitteran Samarqandga tashrif buyurgandi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 2018 yil oktyabr va 2022 yil noyabr oylarida ikki kunlik tashrif bilan Parijda bo‘lgan edi. O‘tgan yilgi tashrifda Mirziyoyev fransiyalik hamkasbini o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga borishga taklif qilgandi.
O‘zbekiston prezidenti Yevroittifoqqa a’zo davlatlar orasidan Germaniyaga ham ikki marta tashrif buyurgan. Shu hafta 3 may kuni Berlinda GFR kansleri Olaf Shols bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Shavkat Mirziyoyev uni ham O‘zbekistonga taklif qilgandi.
Wikipedia'dagi ma’lumotga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tashrifi davomida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘ladi.
Shuningdek, O‘zbekistonga Vengriya prezidenti Katalin Novak, Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Singapur prezidenti Halima Yoqubning tashriflari rejada bor.
Prezident Shavkat Mirziyoyev esa 2023 yilda Bangladesh, Gruziya, Qirg‘iziston va Xitoyga davlat tashrifi bilan, Hindiston, Qozog‘iston va Italiyaga rasmiy tashrif bilan borishi mumkin.
Shuningdek, bir necha yillardan buyon tayyorlab kelinayotgan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi yangi asosiy hujjat – Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida bitimni imzolash uchun Shavkat Mirziyoyev Bryusselga ham tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan. O‘tgan oyda bitim loyihasi yuzasidan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangani va parafinlangani ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

23:20 / 21.06.2025
Tunisning sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

14:50 / 18.06.2025
Fransiya sobiq bosh vaziri Fiyon to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

08:48 / 18.06.2025
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi

12:22 / 16.06.2025