Muzokaralar çoğida 2024-2034 yillarga möljallangan yangi muddatga mamlakat uçun GSP+ tizimi benefitsiari maqomini uzaytiriş çoralari körib çiqildi. YeI delegatsiyasi Özbekiston zarur konvensiyalarni ratifikatsiya qilgani va uşbu tizimning benefitsiarlari maqomini uzaytiriş uçun barça asoslarga ega ekanini ta’kidladi.

Tomonlar Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga kiriş jarayonini muhokama qildi. Yevroparlament vakillari YeI rahbariyatining bu jarayonda yaqin hamkorlik qiliş hamda konsalting va texnik yordam körsatişni davom ettirişga sodiqligini bildirdi.

Özbekiston bilan YeI örtasida kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitim loyihasi yuzasidan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangani hamda parafinlangani qayd etildi. Hujjat içki tartib-qoidalar, şu jumladan huquqiy ekspertiza va tomonlarning davlat tillariga tarjima qilinganidan keyin imzolanadi.

Ikki tomonlama tadbirlar ötkaziş va tajriba almaşiş masalalari yuzasidan fikr almaşildi. Savdo va investitsiyalar böyiça Özbekiston – YeI quyi qömitasi navbatdagi yiğilişini joriy yilning iyun oyida Bryussel şahrida taşkil etiş, iqtisodiy sohada boşqaruv samaradorligini oşiriş böyiça mutaxassislar darajasida doimiy maslahatlaşuvlar ötkaziş amaliyotini davom ettirişning maqsadga muvofiqligi töğrisida fikrga kelindi.