Qamchiq dovonida mikroavtobuslar qatnoviga ruxsat berildi
Prezident “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Transport vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023 yil 1 maydan boshlab yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda:
Qamchiq dovoni orqali yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari o‘n to‘rttagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan M2 toifadagi transport vositalariga;
Jizzax viloyatidagi dovonlar hamda Bo‘stonliq tumanining tog‘li hududlarida tegishli toifadagi yo‘llar orqali turistik avtobus va mikroavtobuslarga muntazam qatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berilishini ta’minlashi belgilandi.
Bunda, faqat 1 apreldan 1 noyabrga qadar bo‘lgan davrda kunduzi, ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari o‘rnatilmagan, sekinlashtiruvchi uskunasi (tog‘ tormozi) mavjud bo‘lgan hamda harakatni kuzatish navigatsiya qurilmasi va taxograf o‘rnatilgan transport vositalarida kamida 7 yil staji bor haydovchilarga avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish faoliyati uchun litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda qatnovni amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
12:13 / 13.11.2024
Qamchiq dovonidagi yo‘lda qolib ketgan haydovchilarga yordam ko‘rsatilmoqda
07:40 / 06.11.2024
Qamchiq dovonida ko‘chki sodir bo‘ldi
10:11 / 18.09.2024
Qamchiq dovonida transport harakati vaqtincha cheklanyapti
13:07 / 27.07.2024